Tuyamo yin suv ombori

ТУЯМЎЙИН СУВ ОМБОРИ

ТУЯМЎЙИН СУВ ОМБОРИ — Амударёнинг қуйи оқимидаги Туямўйин тор дарасида қурилган йирик гвдротехника иншооти. Дарё сувини ирригация ва энергетика мақсадларида мавсумий ростлаш учун хизмат қилади. Гидроузел қурилиши 1970 й. дан бошланган. 1978 й. да 1навбати ва 1983 й. да тўлиқ ишга туширилган. Умумий ҳажми 7800 млн. м3. Сув омбори 4 та — 1 та ўзанли ва чап соҳилдаги табиий чуқурликларда барпо этилган, сув узатилиб тўлдириладиган 3 та омбордан (Капарас, Султонсанжар, Қўшбулоқ) иборат. Гидроузел Амударёнинг чап ва ўнг соҳилларига сув чиқаришни таъминлайди. Туямўйин сув омбори тўғонлари сувни дамлаб, сатхини кутарилишга олиб келади. Бунда юқори ва пастки бьефлардаги энг катга фарқ 18—24 м га етиб боради. Султонсанжар пастлигини сув билан туддириш учун Туямўйин гидроузелидан ғарб томонга қараб 2,5 км узунликда сарфи 50 м3/сек бўлган канал қурилган. Туямўйин сув омбори Туямўйин ҒЭСнинг барқарор ишлашини таъминлайди. Амударёдан Туямўйин сув омборига ҳар йили оқиб келадиган 200 млн. т лойқаоқизиқларни чиқариб юборадиган иншоотлар барпо этилган.

Ўнг қирғоқда кема қатновини таъминловчи 18×80 м ўлчамдаги шлюз қурилган, унинг юк ўтказиш қобилияти 535 мингт ни ташкил этади. Туямўйин сув омборининг қурилиши билан Хоразм вилояти, Қорақалпоғистоннинг Тўрткўл тумани ҳамда Туркманистоннинг Тошҳовуз вилоятида янги ерларни ўзлаштириш, суғориладиган ерларнинг сув таъминотини яхшилаш имконияти яратидди. Гидроузел зонасида дарёнинг ўнг қирғоғида Пахтаарна, Қозоқёб, Бештом, Найман ва Қизилқалъа, чап қирғоғида Тошсоқа, Қиличниёзбой, Қипчоқ-Бўзсув, Хоразм вилоятида Питнакарна, Урганчарна ва б. каналларга сув чиқаргичлар барпо этилган.

Search

Биз билан Алоқа

Агар сизда таклифлар бўлса ёки мақолаларда ҳатолик бўлса биз билан боғланинг.

Мақолалар

Сайтга жойлаштирилган мақолаларда ноаниқлик ва ҳатоликлар топсангиз албатта бизга ҳабар беринг.

Маълумот қидируви

Ўшбу сайтда 40 мингга яқин ҳар ҳил мавзудаги мақолалар тўпланган.

Источник

Tuyamo‘yin suv omboridagi suv sathi keskin kamayib ketdi. Nima sabab?

Amudaryo quyi oqimida suv taqchilligi yildan yilga og‘irlashmoqda. Xususan, oxirgi 4 yildan beri Tuyamo‘yin suv omboridagi suv miqdori o‘lik sath atrofida tebranmoqda.

“Amudaryoning quyi oqimida bahordagi issiq va kamyog‘in davr joylarda suv tanqisligini, Tuyamo‘yinda sovuq mavsumda to‘plangan suvning oxirgi hajmlari ishlatilishiga sabab bo‘ldi”, deyiladi Uzb_Meteo kanalida.

Meteojurnal’ning yozishicha, mayning boshida suv omboridagi suv hajmi 2,5 km kubgacha kamaygan. Mayning ikkinchi o‘n kunligida suv omboriga kirish oqimi prognozdagidan 1,23 km kubgacha kam bo‘ldi. Suv omboridan 0,15 km kubgacha suv oqib chiqdi. Natijada suv hajmi 2,3 km kubga kamayib ketdi. Bu suv ombori uchun juda ham minimal holatdir. Amudaryoning quyi oqimida juda kuchli suv tanqisligi mavjud. Mart-aprel oylarida hududdagi ekinlarning suvga bo‘lgan talabi issiq va quruq havo omili tufayli mavsumga xos bo‘lmagan tarzda 50 foizga ortib ketgan.

Читайте также:  Новый mitsubishi outlander обзор

Suv sathi kamayishiga qaysi omillar ta’sir ko‘rsatmoqda?

Birinchidan, oxirgi yillarda Markaziy Osiyoda ko‘pyillik o‘rtacha me’yorlardan balandroq havo harorati yangi me’yorga aylanib bormoqda. Jazirama kunlar soni avvalgiga qaraganda ko‘paydi. Mintaqada o‘rtacha yillik harorat global o‘rtacha ko‘rsatkichdan tezroq ko‘tarilmoqda. Bu esa suv resurslariga bo‘lgan talabni oshirdi.

Ikkinchidan, Afg‘oniston hukumati Balx viloyatida ulkan Qo‘shtepa kanalini qurish loyihasini faol ravishda amalga oshirmoqda. Bu Amudaryo suvining keskin kamayishiga ta’sir ko‘rsatadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, O‘zbekiston va Turkmaniston mintaqaning asosiy daryosidan sug‘orish ishlari uchun oladigan suvning 15 foizini yo‘qotadi. Xususan, mayning birinchi o‘n kunligida Amudaryo suvining Qo‘shtepa kanaliga ochib yuborilishi ham Tuyamo‘yin suv omboridagi suv miqdorining qisqarishiga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin. Ushbu vaziyatda Markaziy Osiyo davlatlarining Afg‘oniston bilan suv taqsimoti bo‘yicha hech qanday kelishuvga ega emasligi katta muammolarni keltirib chiqarishi mumkin.

Uchinchidan, joriy yilning yanvar-fevral oylarida kuzatilgan anomal sovuq ta’sirida Qoraqum kanalida avariya holati yuzaga kelgan. Buning natijasida 100 mln kub metr suv qumga oqib ketgan.

To‘rtinchidan, suvdan noto‘g‘ri foydalanish, eskirgan sug‘orish usullari, aholi soni ortishi kabi omillar ham Amudaryo suvining kamayishiga o‘z ta’sirini o‘tkazgan.

Prognozlar salbiy

Joriy yil davomida Amudaryo va Sirdaryo havzalaridagi suv miqdori keskin ravishda kamayadi. Bu haqda “Suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmonida keltirib o‘tilgan.

“Prognoz ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil vegetatsiya davrida suv resurslari hajmi ko‘p yillik me’yorga nisbatan Sirdaryo havzasida 10 – 15 foizga, Amudaryo havzasida 15 – 20 foizga kam bo‘lishi kutilmoqda”, deyiladi hujjatda.

BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, 2050 yilgacha bo‘lgan davrda suvga bo‘lgan global talab 55 foizga o‘sadi. Bu juda katta ko‘rsatkich. Shu bilan bir qatorda, Markaziy Osiyoda suv manbalarining kamayib borish tendensiyasi ro‘y berish ehtimoli mavjud.

Muzliklar mintaqadagi suv resurslarining asosiy manbayi hisoblanadi va ularning eng katta qismi Tojikiston hududiga to‘g‘ri keladi. Bu yerdagi muzliklar Markaziy Osiyo suv resurslarining 60 foizigacha bo‘lgan qismini tashkil etadi. So‘nggi 40 yilda Tojikistonda mavjud bo‘lgan 8 mingdan ortiq muzliklar maydonining 30 foizi, Qirg‘izistondagi 10 mingga yaqin muzliklar maydonining 16 foizi erib ketgan. Bundan tashqari, oxirgi 20-30 yilda mintaqada yog‘ingarchilik miqdori ham sezilarli darajada kamaygan.

Suv resurslari kamayishi mintaqadagi boshqa davlatlarga nisbatan ham O‘zbekiston uchun ko‘proq salbiy oqibatlar bilan xarakterlanadi. Suv tanqisligi qishloq xo‘jaligiga ta’sir ko‘rsatib, turmush darajasi yomonlashuvi, eksport kamayishi, inflatsiya oshishi, oziq-ovqat mahsulotlari narxi qimmatlashishi va bandlikni ta’minlashda jiddiy muammolar keltirib chiqaradi.

Jumladan, oxirgi 60 yillikda Amudaryo quyi oqimida bir qancha salbiy voqealar kuzatilgan:

  • o‘tgan asrning 60 yillari. Yirik sug‘orish kanallari qurilishi natijasida Orol dengizining sathi pasaya boshlaydi;
  • o‘tgan asrning 80 yillari. Orol yaxlit suv havzasi sifatidagi maqomini yo‘qotadi, maydoni ikki barobar qisqarib ketadi va dengizdagi tirik organizmlar nobud bo‘ladi. Oqibatda Orolqum sho‘rxoklari paydo bo‘ladi;
  • XXI asrning boshi. Orol dengizi bir nechta ko‘llarga bo‘lindi, ulardan faqat shimolidagina suv sho‘rligi bilan bog‘liq vaziyat yaxshi, boshqa joylarida suvning yuqori konsentratsiyasi kuzatila boshlaydi;
  • XXI asrning dastlabki yigirma yilligi. Amudaryoning quyi oqimi suv taqchilligidan tobora ko‘proq azob chekmoqda, u yoki bu darajada suv tanqisligi doimiy hodisaga aylandi. Oxirgi 20 yillikda faqat bittagina suv toshqini (2010 yil) kuzatilgan va Orolning sharqiy qismida hech qanday qaytadan ko‘l hosil bo‘lishi ro‘y bermadi.
Читайте также:  Актуатор valvematic toyota rav4

Doston Ahrorov tayyorladi.

Источник

Tuyamo‘yin suv omboridagi suv sathi “o‘lik daraja”dan ham pastga tushib ketdi

Markaziy Osiyo davlatlararo suv muvofiqlashtiruvchi komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilning iyul oyida Tuyamo‘yin suv omboridagi suv hajmi 4,4-5,2 kub kilometrni tashkil etgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2022 yil iyul oyining birinchi o‘n kunligida 2,2 kub kilometrgacha yoki 2 barobardan ko‘proqqa kamaygan.

Ketma-ket uch yildan beri suv omborida suv miqdori «o‘lik sath» atrofida tebranmoqda. Eos.com saytidan olingan suratlarda ham suv hajmi sezilarli darajada ozayganini ko‘rish mumkin.

«Tuyamo‘yin suv ombori Orol bo‘yi akvatoriyasini vegetatsiya davrida suv bilan ta’minlashda mintaqa joniga oro kirardi.

Hozir esa vaziyat abgorroq. Uchinchi yildirki, Tuyamo‘yin suv ombori sathi uzoq oylar davomida «o‘lik sathdan» pastda qolib ketmoqda.

Amudaryo o‘rta oqimida turkmanlarga suv chiqib ketish hajmi ham yildan yilga kamayishiga qaramay, quyi oqimda vaziyatni nazorat qilish qiyin kechyapti.

Amudaryo suvining kamayishi oxirgi yillarda tez-tez kuzatilmoqda. 2008, 2011, 2018 va 2021 yillarda daryoda tarixiy kamsuvlilik kuzatilgan. Salbiy tendensiya iqlim o‘zgarishi va mintaqaviy sabablar fonidan yuz beryapti, suvdan noto‘g‘ri foydalanish, eskirgan sug‘orish usullari, aholi soni ortishi, suv omborlar ko‘payishi, yirik kanallarda suv olish hajmining ortishi quyi oqimda vaziyatni og‘irlashtirmoqda”, deb yozmoqda gidrometeorolog Erkin Abdulahatov.

2021 yil fevral oyidan beri suv omboridagi suv hajmi hech qachon 4 kub kilometrdan oshmagan. Oxirgi 1,5 yilning aksariyat qismida suv miqdori o‘lik hajmdan kam yoki shunga teng bo‘lgan.

Tuyamo‘yin suv omboridagi suv hajmi, km3. O‘lik hajm – 2,55 km3.

Oxirgi 60 yillikda Amudaryo quyi oqimida bir qancha salbiy voqealar kuzatilgan:

  • o‘tgan asrning 60 yillari. Yirik sug‘orish kanallari qurilishi natijasida Orol dengizining sathi pasaya boshlaydi;
  • o‘tgan asrning 80 yillari. Orol yaxlit suv havzasi sifatidagi maqomini yo‘qotadi, maydoni ikki barobar qisqarib ketadi va dengizdagi tirik organizmlar nobud bo‘ladi. Oqibatda Orolqum sho‘rxoklari paydo bo‘ladi;
  • XXI asrning boshi. Orol dengizi bir nechta ko‘llarga bo‘lindi, ulardan faqat shimolidagina suv sho‘rligi bilan bog‘liq vaziyat yaxshi, boshqa joylarida suvning yuqori konsentratsiyasi kuzatila boshlaydi;
  • XXI asrning dastlabki yigirma yilligi. Amudaryoning quyi oqimi suv taqchilligidan tobora ko‘proq azob chekmoqda, u yoki bu darajada suv tanqisligi doimiy hodisaga aylandi. Oxirgi 20 yillikda faqat bittagina suv toshqini (2010 yil) kuzatilgan va Orolning sharqiy qismida hech qanday qaytadan ko‘l hosil bo‘lishi ro‘y bermadi.

“Barcha prognozlar Amudaryo quyi oqimida suv taqchilligi yildan yilga og‘irlashishini ko‘rsatmoqda. Keyinchalik quyi oqimidagi vaziyat o‘rta oqimiga o‘tadi. Quyi oqimidagi suv tanqisligi yaqin yillarda kritik nol darajagacha pasayadi va bu afsuski, yashil maydonlarni sug‘orish uchun suv chiqmay qolishiga olib keladi”, deya qo‘shimcha qildi Erkin Abdulahatov.

Источник

Читайте также:  Реальный расход топлива nissan murano z50

Оцените статью
Adblock
detector