Tojikiston eng katta suv ombori

Tojikiston: Sirdaryoga quyilayotgan kanalizatsiya suvi

Tojikiston: Sirdaryoga oqayotgan kanalizatsiya suvi

Sirdaryo sohilida joylashgan Guliston (sobiq Qayroqqum) shahri Tojikistonning eng goʻzal makonlaridan biri. Shahar “Tojik dengizi”(oldingi “Xalqlar doʻstligi” suv ombori) sohilida joylashgan. Ammo 1992-yildan beri shahar kanalizatsiyasi ishdan chiqqanligi sababli barcha chiqindilar quyiga, Sirdaryoga qarab oqadi. Masʼullar bu muammo haqida biladi, ammo chorak asrdan oshibdiki, muammo bartaraf etilmay qolmoqda.

Guliston sobiq Sovet Ittifoqi paytida obod etilgan sanoat shaharlaridan. Odamlar asosan, koʻp qavatli uylarda yashaydi. Bu yerda mintaqadagi eng yirik gilam toʻqish kombinati, shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarish korxonalari mavjud. Oʻtgan asrning oʻrtalarida shaharning janubiy-sharqiy tomonidan oʻtgan Sirdaryoning yoʻli toʻsilib, “Xalqlar doʻstligi” suv ombori va shu nomli gidroelektr stansiyasi quriladi. 2016-yili “Tojik dengizi” nomi berilgan bu suv ombori Tojikistonda eng kattas boʻlib, yigʻilgan suv umumiy hajmi 4,16 km kubga teng boʻlib, undan 2,6 km kubini sugʻorish maqsadida ishlatish mumkin. Bu suv omborini qurishdan asosiy maqsad Fargʻona vodiysi, asosan, Oʻzbekistonning Toshkent, Jizzax va Sirdaryo viloyatlari yerlarini sugʻorish boʻlgan. Joriy yilda ham Sardoba toʻgʻoni ochilib ketishi ortidan Oʻzbekiston “Tojik dengizi”dan qoʻshimcha suv olishga qaror qildi. Oʻzbekiston Vazirlar mahkamasining joriy yil 18-iyulda eʼlon qilingan qaroriga koʻra, buning uchun 147 000 AQSh dollari miqdorida mablagʻ ham ajratilgan.

Guliston shahrining oʻzida hozir 20 ming nafarga yaqin, jamoat va posyolkalarni qoʻshib hisoblaganda 40 mingdan ortiq odam yashaydi. Shahar bir kecha kunduzda 5 ming kub suv oladi. Shahar kanalizatsiyasi oʻtgan asrning 80 yillarida qurilgan. Oradan 12 yil oʻtib, kanalizatsiya ishdan chiqqan. Norasmiy maʼlumotlarga koʻra, mamlakatda fuqarolar urushi yillari kanalizatsiya quvurlari oʻgʻirlangan yoki yashirin sotib yuborilgan.

Guliston shahar ekologiya idorasi masʼullarining aytishicha, atrof-muhitni asrash talablariga rioya qilinmaganligi uchun shaharning suv va kanalizatsiya xoʻjaligi har yili jarimaga tortiladi. Ammo shunga qaramay, muammo uzoq yillardan beri bartaraf etilmay qolmoqda.

Guliston shahar suv va kanalizatsiya xoʻjaligi raisining oʻrinbosari Zinatsho Shexovning aytishicha, haqiqatdan ham holat tashvishlanarli.

«Shaharda kanalizatsiya bilan bogʻliq holat haqiqatdan ham juda tashvishlanarli. Bu muammo eski muammo. Sobiq ittifoq tarqab ketganidan keyin mamlakatda fuqarolar urushi yillari chiqindilar yigʻilib, undan yuqoriga tortib tashlaydigan uskuna buzilgan, orada quvurlar yoʻq. Shaharning uch joyidagi maxsus uskunalarning har uchalasi ham ishdan chiqqan. Bu muammoni respublika miqyosida ham hamma biladi. Shaharga bir kecha kunduzda 5 ming kub suv beriladi, shundan 1 ming kubi ishlatilsa, qolgan 4 ming kubi kanalizatsiyaga quyiladi. Toʻrtta kollektor hammasi shu daryo sohili tomon quyiladi. Boshqa biror yerga ketmaydi», — deydi Shexov.

Shaharning sobiq raisi Matluba Sattoriyon Gulistonning 1-raqamli muammosi kanalizatsiya ekanligini aytgan edi. Aslida bu shaharning kanalizatsiyasi sohillarini Sirdaryo suvi yuvadigan Konibodom, Bobojon Gʻafurov, Asht, Xoʻjand, Jabbor Rasulov, Spitamen kabi yana bir necha shahar va tumanlar uchun ham xatarli. Shuningdek, Guliston va Xoʻjand shaharlarida bir necha choʻmilish mintaqalari (plyaj) mavjud. Qolaversa, daryoning quyi oqimidagi isteʼmolchilarga, jumladan, Oʻzbekistonga borayotgan suvning sifati ham alohida oʻrganishni talab etadi.

Читайте также:  Chevrolet captiva ошибка p0040

2018-yili Sugʻd viloyat raisi Rajabboy Ahmadzoda muammoni uzogʻi bilan uch yil ichida hal qilish kerakligini taʼkidlagan edi.

Guliston shahar masʼullarining aytishicha, loyiha tuzib chiqilgan, smeta ham qilingan. Ammo muammo birgina shahar miqyosida hal boʻlmaydi. Sababi, birinchidan, loyiha mablagʻi katta, ikkinchidan, yangi loyihaga koʻra, chiqindi quvurlar orqali boshqa tuman hududidagi boʻsh maydonga tortib tashlanishi lozim. Yaʼni, muammo toʻliq hal etilishi uchun pul va yer muammosi hal boʻlishi kerak. Yer ajratilishi esa, Tojikiston qonunchiligiga koʻra, qoʻshni tuman maʼmuriyatining roziligi va respublika Yer qoʻmitasi qarori bilan amalga oshiriladi.

Guliston shahar suv bilan taʼminlash va kanalizatsiya xoʻjaligi raisi Yoqubjon Mahmadaliyevning aytishicha, ular muammoni bartaraf etish uchun viloyat, respublika miqyosidagi tegishli idoralarga qayta-qayta xat qilishgan. Xalqaro tashkilotlarga ham murojaat etishgan. Jumladan, Ogʻo Xon Fondi (AKF) va Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki (EBRD) vakillari tashrif buyurib, muammoni oʻrganishgan va imkon darajasida yordam qilishga vaʼda ham berishgan. Ammo muammo haligacha oʻz yechimini topgani yoʻq. Yaqin yillarda topishi ham nomaʼlum.

Mustaqil tahlilchilar fikricha, muammo faqat pulda emas. Xohish, yana ham aniqrogʻi, irodaning yetishmasligida. Tojikistonda oxirgi 20-25 yil davomida davlat xazinasi hisobidan katta-katta inshootlar ham qurib bitirildi. Turli ommaviy tadbir va bayramlar tashkil etish uchun ham koʻplab mablagʻlar sarflanadi. Ammo shahar kanalizatsiyasi kabi muammolarga panja orasidan qarab kelinadi. Chunki bu yerga mablagʻ sarflash hech kimga shon-shuhrat keltirmaydi, deydi kuzatuvchilar.

Источник

Toshqin vahimasi: Qayroqqum suv ombori haqida nimalar ma’lum?

Favqulodda vaziyatlar vazirligi odamlar ortiqcha vahimaga tushmasligi uchun tezlik bilan munosabat bildirdi. Unda vahimaga o‘rin yo‘qligi, Qayroqqum suv ombori nazoratda ekani, unda hech qanday avariya sodir bo‘lmagani hamda to‘g‘on dambasi buzilmagani ma’lum qilindi.

Bundan tashqari, Sirdaryo viloyati hokimi G‘ofurjon Mirzayev va yana bir qator tumanlar hokimlari kechasi bilan yurib, odamlardan uylariga qaytishni so‘ragan.

Xo‘sh, Qayroqqum qachon qurilgan? Unda qancha suv saqlanadi? Suv ombori mintaqa uchun xavf tug‘dirishi mumkinmi? Quyida shu haqdagi ma’lumotlar keltirilgan.

O‘tgan asrning 50-yillaridan boshlab SSSR rahbariyati qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish qulay bo‘lgan O‘zbekiston hududidagi zaxira yerlarni o‘zlashtirish uchun harakat qila boshlaydi. Mintaqada yoz ancha issiq kelishi, dalalarni sug‘ormasdan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishning imkoniyati past bo‘lishi inobatga olinib, bu yerda avvalo suv omborlar qurish reja qilinadi. Shundan so‘ng, bir tarafdan cho‘llar o‘zlashtiriladi, ikkinchi tarafdan yirik daryolar to‘silib, suv omborlari qurish boshlanadi. Qayroqqum ana shu suv omborlar orasida eng birinchi qurilgan gidrotexnika inshooti hisoblanadi. O‘sha paytda Qayroqqum suv ombori bilan birga Qayroqqum GES ham qurilgan.

Читайте также:  Hyundai tucson 2008 лампы заднего хода

Qayroqqum suv ombori haqida

Qayroqqum suv ombori Farg‘ona vodiysining g‘arbiy qismida asosan Tojikiston va qisman O‘zbekiston hududida joylashgan. Qayroqqum suvga to‘lgan paytda uning O‘zbekiston hududida joylashgan qismida ham suv yig‘iladi. Ammo so‘nggi yillarda iqlim o‘zgarishi tufayli yog‘ingarchilik kam bo‘lyapti. Tabiiyki, Qayroqqumga tushayotgan suv hajmi ham kamaydi. Yoki bu suv omboriga ko‘p suv yig‘ilsa ham, Tojikiston yetarlicha elektr energiya olish uchun Sirdaryoga ko‘proq suv qo‘yib yuboryapti. Oqibatda uning suvi biroz kamayib, O‘zbekiston hududida joylashgan qismida suv yig‘ilmayapti. Buni ayni damda xaritada ham ko‘rish mumkin.

Sirdaryo oqimining oldi gidrouzel to‘g‘oni bilan to‘sib hosil qilingan ushbu suv omborni to‘ldirish 1950-yillarda boshlangan. Uning yuza maydoni 513 kvadrat kilometrni, foydalansa bo‘ladigan suv hajmi 2,6 mlrd kub metrni tashkil etadi. Suv omborining uzunligi g‘arbdan sharqqa qarab 60 kilometrni, eni esa shimoldan janubga qarab eng keng joyda 20 kilometrni tashkil etadi.

Qayroqqum tog‘ daralarida emas, suv omborlari uchun noodatiy tarzda tekislikda barpo etilgan va shu sabab unchalik chuqur emas: o‘rtacha 8,2 metr. Eng chuqur joyi esa 30 metr.

Qayroqqum Sirdaryo daryosidan oqib keladigan suv oqimini asosan mavsumiy, qisman ko‘p yillik tartibga soladi. Uning doimiy sug‘orish maydoni 475 ming gektardan ortiq. Qayroqqum suv ombori tarkibiga quvvati 426 MVt bo‘lgan GES, to‘g‘on gidrouzeli, umumiy uzunligi 27 kilometr bo‘lgan chap qirg‘oq marza dambalari, suvosti zonasini gorizontal va vertikal drenajlovchi nasos qurilmalari kompleksi kiradi. Suv omboridan suv o‘tkazish imkoniyati 20 kub metr/s bo‘lgan Xo‘jabaqirg‘on (chap qirg‘oq) va Samg‘or (o‘ng qirg‘oq) sug‘orish nasos stansiyalari suv oladi.

Qayroqqum GES

Qayroqqum GES ham shu nomdagi suv ombor bilan deyarli bir vaqtda, 1951 yilda qurila boshlangan. Suv ombori bitib, unda suv to‘plana boshlagach, 1958 yilda ishga tushirilgan. Mazkur GES plotinasining uzunligi 1 200 metr, balandligi 28 metr. Plotinaning asosi tuproq aralash qum-shag‘aldan iborat. GES quvvati 426 MVt.

Suv omborlarini qurishdan maqsad nima bo‘lgan?

SSSR davrida Markaziy Osiyoda aksariyat suv omborlarini qurishda birlamchi vazifa elektr energiyasi olish emas, qishloq xo‘jaligida foydalanish maqsadida sug‘orish uchun suv to‘plash bo‘lgan. Ularda qishda oqadigan suv to‘plangan va yozda qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun ishlatilgan.

1991 yil SSSR tarqab ketgach, mustaqil bo‘lgan Markaziy Osiyo respublikalarining aksariyati elektr energiyasi taqchilligiga duch kela boshladi. Shundan so‘ng, sobiq ittifoq davrida qurilgan aksariyat suv omborlarining vazifalari o‘zgara boshladi. Endi ulardan foydalanishda birlamchi vazifa qishloq xo‘jalik ekinlarini sug‘orish emas, elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun suv to‘plash bo‘ldi.

Читайте также:  Кроссоверы порше модельный ряд

SSSR davrida yog‘ingarchilik davri bo‘lgan kuz-qish va bahor oylarida suv omborlarda oshiqcha suv yig‘ilgan hamda yozda qishloq xo‘jaligi uchun oqizilgan. Mustaqillikdan keyin esa daryolar to‘lib oqadigan paytda suv omborlarini to‘ldirib, so‘ng elektr energiyasi olish uchun suv qishda oqizib yuborilgan. O‘z davrida bu ish qo‘shni respublikalar o‘rtasida turli kelishmovchiliklar ham keltirib chiqargan.

Qayroqqum suv omborida damba buzilish xavfi bormi?

Dunyodagi birorta suv ombori va uning to‘g‘onlari xavfdan xoli emas. Yangi qurilayotganlari ham, ancha avval qurilganlari ham (buni yangi qurilgan Sardoba suv ombori misolida ko‘rdik). Ayniqsa, o‘tgan asrning 50-60 yillarida ko‘proq qo‘l mehnatidan foydalanib qurilgan suv omborlari.

Qayroqqum ham mintaqadagi boshqa ko‘plab suv omborlari singari doimiy tarzda mutaxassislar nazoratida turibdi. Hozircha unda falokat kelib chiqadi degan xavf umuman yo‘q. Ammo ushbu suv omborning o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan bir qancha omillar uni nazorat qilayotgan mutaxassislarni doimo sergak turishga undaydi. Gap shundaki, Qayroqqumga suvi quyiladigan Sirdaryoning yuqori irmoqlarida bir necha yirik suv omborlari bor va ayrim hollarda ulardan ko‘p miqdorda suv oqizilganda o‘z-o‘zidan Qayroqqumda ham xavfli vaziyatni yuzaga keltiradi.

Masalan, 2009 yil kuzda Qayroqqum suv omborida xavfli vaziyat yuzaga keladi. O‘shanda Qirg‘iziston o‘z hududida joylashgan To‘qtag‘ul suv omboridan belgilangan miqdordan ko‘p suv chiqarishi oqibatida Qayroqqumda ham suv miqdori ko‘payib ketadi. Shundan so‘ng, Tojikiston ham bu suv omboridan qo‘yib yuboriladigan suv miqdorini keskin ko‘paytiradi. Oqibatda Sirdaryoning O‘zbekiston va Qozog‘istondan o‘tuvchi quyi oqimi o‘zanidan chiqib ketib, bir qancha aholi punktlarini suv bosish xavfi yuzaga keladi.

Umuman olganda, hech qanday falokat yuz bermagan holatda ham Qayroqqum suv ombori kuz, qish va bahorda Qozog‘istonning janubiy hududlari uchun anchadan beri xavf solib kelyapti. O‘tgan asrning 50-60 yillaridan boshlab Sirdaryoning yuqori oqimlarida ko‘plab suv omborlar qurilishi natijasida daryoda suv kamayib ketadi. Oqibatda Sirdaryo o‘zani torayib ketadi. Sobiq ittifoq tarqab ketgach, suv omborlaridan elektr energiya olish birlamchi maqsadga chiqqanidan so‘ng, ularning suvi kuz, qish va bahor fasllarida ko‘proq oqizildi. Shuning uchun Qozog‘istonning janubiy hududlari, Sirdaryo o‘zanida joylashgan aholi punktlari doimiy suv bosish xavfi ostida qola boshladi. Ayrim yillarda Sirdaryo o‘zanidan toshib chiqqan suv Qozog‘istonning Qizilo‘rda shahriga ham xavf solyapti.

Shu o‘rinda bir xulosa. Aslida Qayroqqum ombori toshgani haqida mish-mishni biror kishi bilib-bilmay tarqatgan va bu jiddiy gap ham bo‘lmagandir. Lekin odamlar bejiz ko‘chaga «quruqlik qidirib» chiqqani yo‘q. Sirdaryoliklar bir marta suv balosidan kuyib bo‘lishdi. Endi ular oddiy ariq o‘pirilishidan ham hayiqishadi.

Источник

Оцените статью
Adblock
detector