Suv haqida ma lumot

Suv haqida ”qiziqarli” faktlar.

Suv haqida ”qiziqarli” faktlar.

1. Suv insonning kisloroddan keyin ikkinchi ehtiyoji hisoblanadi. Odamzod ovqatsiz olti hafta yashashi mumkin, ammo suvsiz bir haftadan ortiq umr ko‘ra olmaydi.
2. Dunyoda eng ko‘p foydali moddalarni o‘zida jamlagan suv bu quduq suvi hisoblanadi. Inson o‘z qo‘li bilan bunday aralashmani tayyorlay olmaydi.
3. Dunyodagi eng qimmat suv Los-Anjelesda sotiladi. Bu suvning 1 litri 90 dollar turadi. Suvni kristallar bilan bezatilgan maxsus idishlarda sotishadi. Yoshlar bu suvni asosan idishiga qiziqib sotib oladi.
4. Odam hayoti davomida taxminan 35 tonna suv ichadi.
5. Agar kuniga besh stakandan ortiq suv ichsangiz, yurak xuruji xavfi ortga chekina borarkan. Bunday foydali suv esa filtrlangan ichimlik suvi sanaladi.
6. Yugoslaviyada Sirkniskoe degan ko‘l bor. Ko‘l suvi yozdan qishga qadar g‘oyib bo‘ladi. Bahorda esa ichida balig‘i bilan yana paydo bo‘laveradi.
7. Suv tabiatda uch xil ko‘rinishga ega. Ya’ni, qattiq ko‘rinish (muz), Suyuq va gaz ko‘rinishi. Er yuzida ekologik toza suv atigi uch foizni tashkil etadi. U ham ulkan muzliklar tarkibida bo‘ladi.
8. Eng sersuv mahsulot bu tarvuzdir. Tarvuzning 93 foiz qismi suvdan iborat bo‘ladi.
9. Er yuzining taxminan 70 foiz qismi suv bilan qoplangan. Ammo bu suvning 1 foizigina ichish uchun yaroqli.
10. Tabiatda suvning 1330 turi mavjud.
11. Ozish uchun Amerika mutaxassislari suv parhezini mijozlarga tavsiya qilishadi. Agar odam kuniga 2, 5 litrdan suv ichsa, ortiqcha vazndan xalos bo‘ladi. Qanday qilib? Masalan, odamning qorni ochganda, organizm miyaga shu haqda signal yuboradi va biz darhol ovqat eyishga tutinamiz. Agar yuqoridagi miqdorda suv ichsak, u ishtahani bo‘g‘adi va shuning natijasida ortiqcha vazn yo‘qola boradi. Lekin buning uchun kofe yoki choy emas, aynan suv ichish lozim.
12. Jazoirda bir ko‘l bor. Shu ko‘lning suviga ruchka yoki qalamni botirib bemalol qog‘ozga yozsa ham bo‘ladi. Bu yozuvni esa keyin hech qachon o‘chirib bo‘lmaydi.
13. Antarktidada ko‘l bor, uning suvi dengiz suviga nisbatan 11 marotaba sho‘rroq. Bu suv 50 daraja sovuqdagina muzlashi mumkin.
14. Odam tanasidagi suv miqdori atigi 2 foizga qisqarsa, aqliy imkoniyatlarimiz 20 foizga qisqarib ketarkan.
15. Tibbiyotchilarning aytishicha, suv qon bosimini tushirishda yordam beradi. Agar oyoqlar, qo‘llar shishib ketsa, ularni yo‘q qilish uchun iloji boricha ko‘proq suv ichish kerak ekan.
16. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, depressiyadan xalos bo‘lish, asabni tinchlantirish uchun bir stakan suv ichish kifoya qilarkan.
17. Yunesko tashkiloti mutaxassislari dunyodagi eng toza suv Finlandiyada ekanini ta’kidlashgan.
18. Dunyo bo‘yicha 1 milliard 100 million odam suv ichish baxtidan mahrum. Shunday ekan, siz-u biz dunyodagi eng baxtli odamlarmiz.
19. Dunyodagi hayot uchun eng xavfli suv Sisiliyada mavjud. Bu suv organizmni zaharlab, o‘limga olib boruvchi kislotaga ega.
20. Bir kub santimetr dengiz suvi tarkibida 1, 5 gramm oqsil va yana ko‘plab vitaminlar bor.

Читайте также:  Русификация магнитолы hyundai tucson

Raneridan gol kerak bo‘lsa, Shomurodovni ertaroq maydonga tushirishni talab qilishdi! расм

Samvel Babayan: Maydonni aybdor qilish niyatim yo‘q, ammo. расм

“Inter”ga qarshi o‘yinda Ranerining Shomurodov bo‘yicha rejasi oshkor bo‘ldi расм

Ramzan Qodirovni ham Prigojinning taqdiri kutmoqda - Rossiyalik muxolifatchi расм

Qirg‘iziston prezidenti «Barselona» yulduzlariga qarshi o‘ynaydi расм

O‘zbekistonda kelayotgan hafta boshida qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi расм

Oleksandr Usik Deniel Dyubuani qanday qilib nokautga uchratdi? (video) расм

Источник

Suvning hayot, salomatlik, go‘zallik va ozish uchun foydasi

Inson organizmining 2/3 qismi suvdan iborat. Katta yoshli inson kuniga 2 litrdan kam bo‘lmagan miqdorda suv ichishi kerak. Biroq hamma ham bunga amal qilavermaydi. Bu esa hayot, salomatlik, go‘zallik va ozish uchun muhimdir! Bu haqida zdorovejka.ru’da taqdim etilgan foydali ma’lumotlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Suv inson organizmining barcha hujayralari uchun ozuqa hisoblanadi. Aynan suv har bir organning katta qismini egallaydi. Masalan, qondagi suv miqdori — 90 foiz bo‘lsa, miya — 85 foiz, mushaklar — 75 foiz, jigar — 65 foiz, suyaklar — 28 foiz, yog‘ to‘qimalari esa 25 foiz suvdan tashkil topgan. Organizmdagi barcha kimyoviy reaksiyalar suv ishtirokida bo‘ladi.

Chanqoq hissi organizmga yordam kerakligidan dalolat beradi. Shu bois inson faqat organizmi talab qilgandagina emas, har doim — suv ichgisi kelsa-kelmasa, uni suv bilan ta’minlab turishi kerak.

Aksariyat odamlar kundalik me’yorning bor-yo‘g‘i 1/3 qismini iste’mol qilganliklari uchun ham, ko‘p kasalliklar rivojlanadi.

Suvning inson organizmi uchun foydasi

O‘zimizni yomon his qilsak, odatda buni charchoq yoki stresslar, vitaminlar yetishmovchiligi va boshqa sabablar bilan izohlaymiz. Vaholanki, organizm shu tariqa oddiy suvga ehtiyoj sezayotgan bo‘ladi, zero organizm suvsiz to‘laqonli ishlay olmaydi.

Jigar organizmni mikrob va viruslar, ozuqaviy bo‘yoqlar va konservantlar ko‘rsatuvchi salbiy ta’sirdan himoyalaydi. Jigarning vazifasi toksinlarni suvda eruvchan holatga keltirish va ularni organizmdan muvaffaqiyatli chiqarib tashlashdan iborat. Jigar normal suv balansi tufayli chiqindilarni qayta ishlashga kamroq vaqt sarflaydi va bu ishni sifatli amalga oshiradi, demak, turli kasalliklar rivojining oldini oladi.

Buyraklar organizmdagi barcha suyuqliklarni filtrlaydi. Inson yetarli miqdorda suv ichsa, buyraklar ortiqcha suyuqlikni peshob bilan chiqarib yuboradi, u bilan birga esa barcha zararli moddalar ham organizmdan tashqariga chiqariladi. Agar suv kam ichilsa, u holda buyraklar uni tejashiga va organizmda ushlab turishiga to‘g‘ri keladi. Bunday holatlarda kamroq peshob hosil bo‘ladi, bu esa buyraklar faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Qonga tushuvchi barcha zararli moddalar limfani «utilizatsiya» qiladi. Limfa o‘lik hujayralar va boshqa chiqindilarni to‘playdi, ularni limfa to‘qimalariga yetkazadi, bu yerda esa ular filtrlanadi, keyin esa qayta ishlash uchun jigar va buyraklarga yo‘llanadi. Normal suv balansi limfaga bunday mas’uliyatli ishning uddasidan chiqishga yordam beradi.

Artrit ko‘pchilikka azob beradi, biroq bu kasallikning ko‘p holatlarda organizmning surunkali suvsizlanishi natijasida kelib chiqishini hamma ham bilmaydi. Organizmga surunkali ravishda suv yetishmasa, bo‘g‘inlar jiddiy zarar ko‘radi va bu artritga olib keladi.

Читайте также:  Автозапуск на bmw x5 e53

Badantarbiya qilish

Badantarbiya bilan shug‘ullanayotgan paytda yetarlicha suv iste’mol qilmaslik yaxshi emas. Zero buning natijasida inson tez charchab qoladi, harakatlar koordinatsiyasi buziladi va hatto mushaklar konvulsiyalari yuzaga kelishi mumkin. Nima uchun bunday bo‘ladi? Inson faol harakatlangan vaqtida ko‘proq terlaydi — undagi qon miqdori kamayadi. Agar suyuqlik yetishmovchiligi to‘ldirilmasa, yurak faoliyatida buzilish kuzatiladi. Shu bois organizm suvsizlanishining oldini olish uchun jismoniy mashqlarga kirishishdan avval, shug‘ullanish davomida va undan keyin suv ichish kerak bo‘ladi.

Suvning teri va go‘zallik uchun foydasi

Suvning yetarlicha iste’mol qilinmasligi organizmning suvsizlanishiga olib keladi. Suvsizlangan organizm organlarni zararli moddalardan to‘liq tozalay olmaydi, ular qonga kelib tushadi va bu so‘zsiz terining holatida o‘z aksini topadi. Teri rangpar, dag‘al tus olib, unda husnbuzarlar paydo bo‘ladi, son va dumba sohalarida esa tsellyulit paydo bo‘lib, tovon va tirsaklar terisining qurishi kuzatiladi.

Suvning ozish uchun foydasi

Yuqorida qayd etilgan barcha xususiyatlaridan tashqari, suv ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga yordam beradi va hatto bu maqsad yo‘lidagi asosiy omil hisoblanadi. Suvda yog‘ va xolesterin, shu bilan birga, kaloriyalar yo‘q, suv ishtahani kamaytiradi va yog‘ zaxiralarini qayta ishlashda ishtirok etadi. Agar organizmdagi suv miqdori yetarli bo‘lmasa, u holda buyraklar o‘z vazifasini normal bajara olmaydi. Shunda jigar ularning vazifasini o‘z zimmasiga oladi, uning yog‘ almashinuvida ishtirok etish xususiyati esa kamayadi. Natijada yog‘ organizmda to‘plana boshlab, insonning semirishga olib keladi. Shu bois inson ortiqcha vazn tashlashga harakat qilsa-yu, bunga yetarli suv ichmasa, organizm yog‘ni normal qayta ishlay olmaydi.

Shu bilan birga, tan olish kerakki, ba’zan organizmda suv yig‘ilishi natijasida vazn to‘plash holatlari ham kuzatiladi. Masalan, tanasida suv yig‘ilishiga moyil bo‘lgan inson kamroq suv ichsa, muammo o‘z-o‘zidan hal bo‘ladi, deb hisoblaydi. Biroq, aslida buning aksi bo‘ladi. Organizmga suv yetishmasa, u suyuqlikning har bir tomchisini ushlab qolishga harakat qiladi va uni zaxira sifatida bilak va oyoq tovonlarida zahiralaydi. Shuning uchun organizmni muntazam ravishda yetarlicha suv bilan ta’minlab turish tavsiya etiladi.

Shuni yodda tutish lozimki, inson qancha ko‘p tuz iste’mol qilsa, organizm uni eritish uchun shuncha ko‘p suvni ushlab qoladi.

Qancha suv ichish kerak?

Har kuni o‘rtacha 2 litr suv organizmdan buyraklar, ichak, o‘pka va teri orqali tashqariga chiqariladi. Taxminan 0,5 litr suyuqlik nafas chiqarilishi natijasida yo‘qotiladi. Agar mana shu chiqarilayotgan suv o‘rni to‘ldirilmasa, organizm suvsizlanadi.

Suvsizlanish belgilari: charchoq, bosh va mushaklardagi og‘riqlar, og‘iz va ko‘z qurishi, issiq havoni ko‘tara olmaslik, peshob rangining to‘q tus olishi.

Читайте также:  Отличие паркетников от кроссоверов

Xo‘sh, inson qancha suv ichishi kerak? Semizlikni davolash bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislarning ta’kidlashicha, sog‘lom inson kuniga kamida 8-10 stakan suv ichishi kerak. Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish yoki issiq haroratda bundan-da ko‘p suv ichish tavsiya etiladi. Ortiqcha vaznga ega inson esa har ortiqcha 10 kilogramm uchun qo‘shimcha 1 stakandan suv ichishi kerak bo‘ladi. Shuni yodda tutish lozimki, kuchli chanqoq organizmning suvsizlanishidan dalolat beradi, shuning uchun faqatgina chanqoqni his qilganda emas, muntazam ravishda suv ichish zarur.

Bolalar qancha suv ichishi kerak? Germaniyadagi Bolalar oziqlanishini o‘rganuvchi ilmiy-tadqiqot instituti izlanishlari natijasida ma’lum bo‘lishicha, 1 yoshdan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalar kam suyuqlik ichishar ekan. Bola bu yoshda deyarli 1 litr suyuqlik ichishi kerak, bu taom bilan iste’mol qilinadigan suyuqlikdan tashqari. Biroq bolalar bundan kam suv ichishar ekan. Bolalar ichishi uchun eng optimal suyuqlik — bu toza ichimlik suvi.

Suvning o‘rnini ichimliklar bilan to‘ldirish mumkinmi? Suvga aralashtirilgan mevali va sabzavotli sharbatlar organizmning suyuqlikka bo‘lgan talabini qondiradi, biroq ularda kaloriyalar mavjud. Sut va shakarli ichimliklarni o‘zlashtirish uchun esa organizmga oddiy suv kerak bo‘ladi. Choy, qahva va alkogol yengil peshob haydovchi ta’sirga ega, shuning uchun ulardan keyin suyuqlik o‘rnini to‘ldirish uchun organizmga suv kerak bo‘ladi. Suvdek qadrli suyuqlik o‘rnini hech nima bosa olmaydi!

Ko‘proq suv ichishni qanday o‘rganish mumkin? Buning uchun quyidagilarga odatlaning:

• Doim o‘zingiz bilan birga suv olib yuring;
• Har bir taom iste’molida bir stakandan suv ichishga odatlaning;
• Jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanishdan oldin, ularning davomida va keyin suv iching;
• Ishlar orasidagi tanaffuslarda choy yoki qahva emas, suv iching;
• Suv ta’mini yaxshilash uchun uni filtrlang va limon sharbatidan qo‘shing.

Qanday holatlarda suv ichish zarar?

Tunda suv ichish zarardir. Tunda uxlash oldidan emas, ertalab uyg‘ongandan keyin bir stakan suv ichish zarur. Aks holda, buyraklarga ortiqcha yuk tushadi, ertalab esa yuz, oyoq va qo‘l barmoqlarida shishlar paydo bo‘ladi.

Krandan suv ichish. Krandan suv ichish mumkin emas. Suv tarkibida xlor bo‘lgan antibakterial kimyoviy moddalar bilan qayta ishlanadi, bu esa — zaxar. Shu bilan birga, suv eski quvurlar orqali oqib, o‘z sifatini yo‘qotadi. Kran suvini albatta qaynatish yoki filtrlash kerak.

Ochiq suv havzasidan suv ichish mumkin emas. Ko‘pchilik buloq suvi mazali va foydali hamda uni qo‘rqmasdan ichish mumkin, deb hisoblaydi. Shuni unutmaslik kerakki, ochiq suv havzalarida turli mikroorganizmlar ko‘payadi. Shuning uchun yaxshisi, undan voz kechgan ma’qul.

Источник

Оцените статью
Adblock
detector