Omidan suv kelgan qizlar

Qashqadaryoda voyaga yetmagan qizlarga uylanib, bir uyda yashab kelgan yigitga hukm o‘qildi

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida voyaga yetmagan qizlarga uylanib, bir uyda yashab kelgan yigitga hukm o‘qildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 2000-yilda tug‘ilgan sudlanuvchi 2019-yilda 2004-yil Qarshi shahrida tug‘ilgan voyaga yetmagan qizga 16 yoshga to‘lmaganini bilgan holda er-xotin bo‘lib yashashni taklif qilgan. Ular qizning roziligi bilan 2019-yil dekabr oyidan shu kunga qadar birga yashab kelgan. Bu orada 1 nafar farzandli ham bo‘lgan.

Sudlanuvchi 2006-yilda tug‘ilgan yana bir voyaga yetmagan qizga ham er-xotin bo‘lib yashashni taklif qilgan. Uning roziligi bilan 2022-yilning avgustidan dekabriga qadar o‘z xonadonida birga yashagan, ya’ni erkak bir uyda 2 nafar xotin bilan umumiy ro‘zg‘or asosida yashagan.

Yigit o‘zining yuqoridagi bu harakatlari bilan Jinoyat kodeksining 126-moddasi 1-qismi (ko‘p xotinli bo‘lish, ya’ni umumiy ro‘zg‘or asosida ikki yoki undan ortiq xotin bilan er-xotin bo‘lib yashash) va 128-moddasi 3-qismi «a» bandi (takroran 16 yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish)da ko‘rsatilgan jinoyatlarni sodir qilgan.

U sudda aybiga to‘liq iqrorlik, pushaymonlik bildirib, afsusdaligini ikkala oilasi bilan ularning roziligi asosida yashaganini, jabrlanuvchilardan kechirim so‘rashini bildirib, qonuniy yengillik berishni so‘radi.

Aybdorning birinchi xotini barchasini tasdiqlab, eriga da’vosi yo‘qligini bildirgan va suddan yengillik so‘ragan. Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 126-moddasi va 128-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybli deb topildi va unga nisbatan 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Источник

Omidan suv kelgan qizlar

Internet yulduziga aylangan va 45 yildan beri gazli suv sotuvchi Abduvosit ota hikoyasi
Internet yulduziga aylangan va 45 yildan beri gazli suv sotuvchi Abduvosit ota hikoyasi

Toshkentning 8-mart, Mehrjon va Surxon ko’chalari kesishmasi yaqinida, katta bir daraxt soyasida moviy bir budka bor. Ba’zida uning oldida ulkan navbatlar paydo bo’ladi. Bu yerda 30 yildan beri olmoslik Abduvosit Mahmudov qiyomli gaz-suv sotadi. «Gazeta.uz» 75 yoshli otaxonning hikoyasini havola qiladi.

Читайте также:  Самый высокий клиренс паркетник

Toshkentning 8-mart, Mehrjon va Surxon ko’chalari kesishmasi yaqinida, katta bir daraxt soyasida moviy bir budka bor. Ba’zida uning oldida ulkan navbatlar paydo bo’ladi. Bu yerda 30 yildan beri olmoslik Abduvosit Mahmudov qiyomli gaz-suv sotadi. «Gazeta.uz» 75 yoshli otaxonning hikoyasini havola qiladi.

«Келмаган бир президент қолди, холос». Интернет юлдузига айланган ва 45 йилдан бери газли сув сотувчи Абдувосит ота ҳикояси

Ishbilarmon va yoshlardek tetik otaxon telefonining ovozini balandlatib qo’ygan, narigi tomonda kimdir undan so’rayapti: «Ota, Chinozdan borayotgandik, manzilni tushuntirib yuboring». Otaxon har kuni kamida 10−15 marta qo’ng’iroq qilganlarga shu gapni takrorlaydi: «Shahar ruhiy kasalliklar shifoxonasidan Qo’yliq tomon kelaversangiz, 3-bekatga yetmay o’ng qo’lda havorang budka bor».

Shunday — Toshkentdagi Mehrjon 2-berk ko’chasining boshida to’q havorang budka bor. Tong sahardan to qosh qorayguncha uning yonidan o’tib qolsangiz, dimog’ingizga barbaris hidi uriladi, qulog’ingizga yuvilayotgan stakan ovozi eshitiladi, yoqimli bir salqinlikni his etasiz. Bu yerda 75 yoshli Abduvosit ota Mahmudov, shinavandalar tili bilan aytganda, ta’mi «30−40 yil avvalgidek tanish» gazlangan suv tayyorlab, sotadi.

«Bir bloger bola kelib, videosini internetga chiqarib yuboribdi. Shundan keyin odam rosa ko’payib ketdi. Avval ham kam emasdi, lekin ular asosan men bilgan va meni biladigan doimiy mijozlar edi-da. Hozir esa o’sha videoni ko’rib, har tarafdan yog’ilib kelishyapti», — deydi u.

Suv ichishga kelganlarning aksariyati: «Internetlarga chiqib, mashhur bo’lib ketibsiz-ku, ota!», degan gaplarini eslab, Abduvosit ota: «45 yil bir joyda ishlagach men mashhur bo’lmay kim mashhur bo’lsin? Faqat qo’shiqchilar mashhur bo’laveradimi?», — deb kulib qo’yadi.

Abduvosit ota asli Chustning Olmos qishlog’idan. Taxminan 20 yoshlarida Toshkentga kelib, aeroport yaqinidagi limonad sexida ishlay boshlagan.

«Xo’jayinga ishim ma’qul keldi chog’i, yana uch oylik sinovidan o’tsam, gazli suv tayyorlashni o’rgatishini aytdi. Va’dasining ustidan chiqib, suv tayyorlashni ham o’rgatdi, apparatini ham berib qo’ydi. Keyinroq o’zim mustaqil ish boshlash istagini bildirganimda qarshilik qilmadi, apparatni ham sovg’a qilib yubordi», — deb eslaydi u. Otaning aytishicha, nafaqat budka, balki «apparat ham tarixiy — yaqinda 120 yoshga to’ladi».

Zavoddan mustaqil bo’lib chiqqach, Abduvosit ota avvaliga mors, keyinchalik gazli suv sotadi. Otaning ta’kidlashicha, u bu borada butun boshli tarmoq yaratadi — Toshkentning o’zida 13 ta, Chustda ham bir necha shoxobcha ochadi. Poytaxtdagi nuqtalarni qiyom va boshqa kerakli narsalar bilan o’zi ta’minlaydi, Namangandagi «filiallar» boshqaruvini to’laligicha yordamchilariga ishonib topshiradi.

Читайте также:  Sx4 suzuki 4x4 акпп

Ammo qaysidir bir yili yo’l yoqalarida savdo bilan shug’ullanish taqiqlangach, barcha shoxobchalarini yopishga majbur bo’ladi. Budkalarining ikki-uchtasiga xaridor chiqadi, ikkitasini Namanganga olib ketadi, bittasi esa hozir ham uyida turibdi. Toshkentda faqat Mehrjondagi budka ishini saqlab qola oladi, xolos.

Ota o’zi qurgan «gazli suv saltanati»ning tor-mor etilishi bilan tugagan bu voqealar haqida nafaqat gapirishni, balki eslashni ham xohlamaydi.

Balandligi to’rt, eni uch metr keladigan budka Abduvosit otaning kamida 30 yillik hamrohi. Avvalboshda bu budka bir zavodning dispetcherlik punkti bo’lgan. 1990-yillarning boshida zavod yopilgan. Ishlamayotgan zavodning budkasini esa Abduvosit ota sotib olib, uni Mehrjon ko’chasidagi gazli suv sotish shoxobchasiga aylantirgan.

Avvallari shoxobcha hozirgi joyidan 100 metrcha narida, avtobus bekati yonida edi.

«Hokim kelib, „ota, budkangiz sal eskiroq ekan, bu yo’ldan har xil rahbarlar o’tadi, shunga budkangizni yangilatib bermoqchiman», dedi. Unamadim. „Yangilab olishga o’zimning kuchim yetmaydi deb kim aytdi? Odamlarga faqat suvimni emas, muhitni ham berishni xohlayman. Yangilatsam, budkaning tarixiyligi qayerda qoladi?», deb turib olganimdan keyin yo’l yuzidan chetroqqa olishni taklif qilishdi. Mana shu daraxtning tagi salqin ekan deb, keyin o’zlari ko’chirib qo’yishdi», — deb eslaydi ota.

Источник

Samarqandda ayol Rossiyadagi eriga jahl qilib qizlarini kaltakladi (video)

image

Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida yashovchi 27 yoshli ayol Rossiyada ishlayotgan eri bilan janjallashishi oqibatida ikki nafar voyaga yetmagan qizini kaltakladi. Shundan so‘ng u holatni videoga olib, eriga jo‘natgan.

“Mana sizning farzandlaringiz, boqolmaysizmi? Men ham boqolmayman! Unda bitta-bitta o‘ldiraman, o‘lgani yaxshi”, degan ayol ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda.

Videoda aks etishicha, ayol qizlarini dastavval tayoq bilan ayovsiz kaltaklagan.

“Sizga ular kerak emasmi? Tug‘dirishni bilasiz, odamlarning ko‘ziga yaxshi ko‘rinishni bilasiz. Buyoqda esa o‘zingiznikilar xor bo‘ladi. Achchiq gapirishni bilaiz, otang boqsin, akang boqsin deysiz. Nima ular uchun tug‘dirdingizmi, ular uchun katta qildiryapsizmi? Sizga bola kerak emas”, degan ayol qizlarini kaltaklashda davom etib.

Mazkur holat yuzasidan Samarqand viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Читайте также:  Снять ручку кпп kia sportage

Qayd etilishicha, holat joriy yil 14 iyul kuni tumanning Samarqand viloyatining “Balandravot” mahallasiga qarashli Tuynak qishlog‘ida sodir bo‘lgan.

“Ayni damda Rossiya Federatsiyasida bo‘lgan turmush o‘rtog‘i bilan telefon orqali muloqotda yuzaga kelgan kelishmovchilik sababli 1996 yilda tug‘ilgan Z.Sh. ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarini urib, holatni tasvirga olib turmush o‘rtog‘iga yuborgan.Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 110-moddasi (Qiynash) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, degan viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot kotibi Jahongir Sa’dullayev.

Qo‘shimcha qilinishicha, hozirda bolalarning ahvoli yaxshi. Ular onasidan olinib, qarindoshlari qaramog‘iga berilgan. Holat mutasaddilar nazoratiga olingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida erkak ayoli bilan janjallashishi ortidan yosh bolalarni shafqatsizlarcha kaltaklagandi.

Источник

Samarqandda o‘quvchi qiz sinfdoshi tomonidan “samosud” qilindi

Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan o‘quvchi qizning “samosud” qilingani aks etgan videoga munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, videodagi holat 8-may kuni Payariq tumanidagi 58-umumiy o‘rta taʼlim maktabida sodir bo‘lgan. Maktabning 11 “B”-sinf o‘quvchilari R.N. va F.D. soat 09:55 da, tanaffus vaqtida o‘zaro tortishib qolishi natijasida R.N. dugonasi D.F.ni turli xil so‘zlar bilan haqoratlagan va urgan.

Holat tuman maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi masʼul xodimlaridan iborat ishchi guruhi tomonidan o‘rganilgan.

Olib borilgan o‘rganishlarga ko‘ra, o‘quvchilarni dars mashg‘ulotlarida nazoratsiz qoldirgani, o‘z lavozim majburiyatlarini to‘liq bajarmasdan sustkashlikka va masʼuliyatsizlikka yo‘l qo‘yganliklari uchun 58-umumiy o‘rta taʼlim maktabining fizika fani o‘qituvchisi M.A.ga, 11“B”-sinf rahbari N.G‘., maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari X.A. va maktab psixologi N.A.ga nisbatan Mehnat kodeksining tegishli moddasiga asosan, “hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Payariq tumani IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

“Samosud” holatlari

Aprel oxirlarida O‘zbekistonda narkozakladchiklarni jazolash bilan shug‘ullanib kelgan 20 kishi qo‘lga olingani to‘g‘risida xabar berilgandi. Shuningdek, Namanganda 21 yoshli yigit o‘zidan kichik bolalar tomonidan “samosud” qilingani, Rossiyada tanishining qulog‘ini kesib tashlagan o‘zbekistonlik erkakka hukm o‘qilgani, Buxorodagi tungi klubda erkak 2 kishini kaltaklagani ma’lum bo‘lgan edi.

  • “O‘zbekistondan tashqarida yuz bergan”. Yigit ayovsiz do‘pposlangani aks etgan video bo’yicha ma’lumot berildi “O‘zbekistondan tashqarida yuz bergan”. Yigit ayovsiz do‘pposlangani aks etgan video bo’yicha ma’lumot berildi 4 may, 12:10
  • “Samosud”: zo‘ravonlikka chora bormi? “Samosud”: zo‘ravonlikka chora bormi? 10 may, 16:10

Источник

Оцените статью
Adblock
detector