Ilhom Mahmudovning aytishicha, suv omborlari to‘g‘onlari qurilish materiallariga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
«O‘zbekiston Respublikasida 55dan ortiq suv omborlari mavjud bo‘lib, Andijon suv omboridan boshqa barchasi grunt to‘g‘onlarni tashkil etadi», – degan ekspertning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Ilhom Mahmudov Yirik to‘g‘onlar bo‘yicha xalqaro komissiya ma’lumotlari asosida suv omborlaridagi avariyalar haqida ham ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, suv omborlaridagi har ikki avariyadan bittasi grunt to‘g‘onlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
O‘rta va yirik to‘g‘onlardagi avariyalarning 40 foizi to‘g‘on asosining buzilishi natijasida ro‘y beradi.
Gidrotexnika inshootlarida xavfli avariyalarning sodir bo‘lish omillari ham 2 turga bo‘linadi:
Mutaxassisga ko‘ra, suv omborlarining turli bosimlarga chidamliligi bo‘yicha quyidagi turlari farqlanadi:
Suv omborlari o‘zan va quyilma suv omborlariga bo‘linadi. Mazkur inshootlar to‘g‘oni suv chiqarish inshootisiz (gluxoy) yoki suv chiqarish inshooti mavjud bo‘lishi mumkin.
«Suv omborlarini qurish eramizdan 5 ming yil muqaddam boshlangan. So‘nggi 70-80 yil davomida suv omborlarini qurish juda tezlashib ketdi.
Hozirda Yer yuzida o‘rta va yirik suv omborlarining soni 46 mingdan ortiq bo‘lib, umumiy hajmi – 6600 km 3 , foydali hajmi — 3500 km 3 dan ortadi. Bu degani – yer yuzidagi barcha daryolarning 10 foiz yillik oqim hajmiga to‘g‘ri keladi. Suv yuzasi maydoni esa 600-620 ming km 2 (Yer shari yuzasining 0,2 foizi)ni tashkil qiladi.
Hozirda yiliga 300dan 500tagacha turli hajmdagi suv omborlari ishga tushirilmoqda. Angara, Missuri, Kolorado, Parana, Tennesi kabi yirik daryolar suv omborlari kaskadiga aylangan. Prognozlarga qaraganda, yana 30-50 yil ichida Yer yuzidagi daryolar havzalarining uchdan ikki qismi suv omborlari orqali boshqariladi», – dedi Ilhom Mahmudov.
Ma’lum qilinishicha, Angliyadagi 51 foiz to‘g‘onlar 90 yil, Niderlandiyada 45 foiz to‘g‘onlardan 80 yildan beri samarali foydalanib kelinmoqda.
O‘zbekistonda shu yilning 1 oktyabridan boshlab tadbirkorlar davlat tasarrufidagi tabiiy va sun’iy suv havzalari (suv omborlari) hamda ularning atrofidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarni ijaraga olishlari mumkin. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yilning 18 avgustida imzolangan “Baliqchilik xo‘jaliklari ehtiyojlari uchun suv havzalaridan foydalanish tartibini takomillashtirish, shuningdek, baliqchilik xo‘jaligi va qirg‘oq turizmini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorda keltirilgan.
2023 yil 1 oktyabrdan boshlab E-auksion elektron savdo maydonchasi orqali onlayn-auksion orqali tadbirkorlik sub’ektlariga quyidagilar ijaraga beriladi:
• davlat mulki bo‘lgan tabiiy va sun’iy suv havzalari (suv omborlari)
• daryolar atrofidagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalari
Qarorda belgilanishicha, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi o‘ziga berilgan reproduktiv ahamiyatga ega past va doimiy ixtiofaunaga ega bo‘lmagan tabiiy suv havzalarini alohida foydalanishga ikki hafta muddatda Ekologiya vazirligi tizimidagi tashkilotlarga samarali foydalanish uchun topshiradi.
Shuningdek, qarorda 2023-2024 yillarda o‘nta suv omborida – Andijon, To‘palang, Ohangaron, Zomin, Qamashi, Chimqo‘rg‘on, Pachkamar, Chortoq, Xojikent va G‘azalkentda chorvachilik va baliqchilik hamda qirg‘oqbo‘yi turizmi ob’ektlarini tashkil etish ko‘zda tutilgan.
Tabiiy suv havzalarini ijaraga berishdan olingan mablag‘larning 50 foizi Ekologiya jamg‘armasiga, 40 foizi Baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasiga, 10 foizi Davlat aktivlarini boshqarish huzuridagi Davlat mulkidan samarali foydalanish markaziga o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, tabiiy suv havzalarini tijorat maqsadlarida ko‘paytirish va baliq ovlashdan tashqari boshqa maqsadlar uchun ijaraga berishdan olingan mablag‘larning 90 foizi Ekologiya jamg‘armasiga, 10 foizi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Davlat mulkidan samarali foydalanish markaziga o‘tkaziladi.
Adblock