Issiq suv narxi toshkentda

O‘zbekistonda ichimlik suvi narxi nega oshirilmoqda?

O‘zbekistonning uchta viloyatida ichimlik suvi narxlari birdaniga ikki barobarga oshirildi. Buning asosiy sababi nima? Dunyo aholisi suv uchun qancha haq to‘laydi? “Daryo” mazkur mavzudagi maʼlumotlarni bir joyga jamladi.

Suv narxi qanchaga oshirilyapti?

“O‘zsuvtaʼminot” AJ respublikaning uchta viloyatida ichimlik suvi narxlari ikki barobarga oshirilayotganini maʼlum qildi. Jumladan, Qashqadaryoda aholi uchun 1 m3 ichimlik suvining narxi amaldagi 1 000 so‘mdan 2 000 so‘mga, Surxondaryoda 1 150 so‘mdan 2 140 so‘mga, Toshkent viloyatida 950 so‘mdan 1 700 so‘mga qimmatlashmoqda.

Amaldagi tariflarga ko‘ra, eng arzon ichimlik suvi Toshkent shahrida (1 m3 suv uchun 400 so‘m), eng qimmati esa Navoiy viloyatida (1 m3 suv uchun 3 000 so‘m) ekanini ko‘rish mumkin. Hozircha qolgan hududlardagi tariflar o‘zgarishsiz qolmoqda.

Mamlakatdagi vaziyat

Dunyoning ko‘plab davlatlarida bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham ichimlik suvi tanqisligi dolzarb muammolardan biri. Buni aholining ichimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasi 70 foiz ekanidan ham anglash qiyin emas. Jumladan, Qashqadaryo, Surxondaryo va Jizzax viloyatlarida ichimlik suvi taʼminoti 60 foizdan kam. G‘uzor, Dehqonobod, Koson, Sherobod, Angor, G‘allaorol va Xatirchi tumanlarida bu ko‘rsatkich 30 foizga ham yetmaydi. Ichimlik suvi taʼminoti ko‘rsatkichi respublika bo‘yicha eng past hudud – Qashqadaryo viloyatidir (43 foiz).

Jahon banki tahlillariga ko‘ra, 2050-yilga borib O‘zbekistonda joriy suv tanqisligi besh barobarga oshadi. “O‘zsuvtaʼminot” AJ bosh mutaxassisi Anvar Muhammadaliyevning yozishicha, so‘nggi 15 yil ichida aholi jon boshiga yillik suv hajmi 3 048 m3 dan 1 589 m3 gacha kamaygan.

“Jahon bankining tahliliy ko‘rsatkichlariga ko‘ra, 2050-yilga borib O‘zbekistonda suvga bo‘lgan talab 59 kub kilometrdan 62-63 kub kilometrgacha oshadi va mavjud suv resurslari 57 kub kilometrdan 52-53 kub kilometrgacha kamayadi. Bu esa joriy suv tanqisligini (2 kub kilometrdan 11-12 kub kilometrgacha) besh barobarga oshiradi. Ichimlik suvi taʼminotidan foydalanishda asosiy xavflar chuchuk suvning o‘tkir taqchilligi, foydalanish uchun raqobat, uning ifloslanishi, qurg‘oqchilik va boshqalardan iborat ekanligidir”, — deb yozadi mutaxassis.

Jahon banki, shuningdek, 2050-yilga borib Sirdaryo havzasida suv resurslari 5 foizgacha, Amudaryoda 15 foizgacha kamayishi kutilayotganini prognoz qilgan. Hisob-kitoblarga qaraganda, 2050-yilda Markaziy Osiyoda chuchuk suv taqchilligi yalpi ichki mahsulotning 11 foizga pasayishiga olib kelishi mumkin.

Umuman olganda, dunyoda ichimlik (chuchuk) suv tanqisligi uzoq emas, yaqin 7 yildan so‘ng, yaʼni 2030-yilga kelib 40 foizga ortishi prognoz qilinmoqda.

Dunyo bo‘ylab suv narxlari

Markaziy Osiyoda ichimlik suvi uchun to‘lov narxi eng yuqori mamlakat Qozog‘iston hisoblanadi. Mamlakatda hududlariga qarab aholi har kub suv uchun 73 tengedan (1 905 so‘m) 304 tengegacha (7 934 so‘m) to‘lov qiladi.

Читайте также:  Кроссовер до двух миллионов

Tojikiston aholisi 1 kub metr suv isteʼmoli uchun 1 somonidan (1 061 so‘m) 1,73 somonigacha to‘laydi. Mamlakat poytaxti Dushanbeda suv hisoblagichi bor yoki yo‘qligiga qarab narxlar belgilanadi. Masalan, hisoblagichi borlar 1 kubometr suvga 1,73 somoni, hisoblagichsizlar (1-12- qavatlarda yashasa) 6,24 somoni, 12-qavatdan yuqorida istiqomat qiluvchilar 8,33 somoni to‘laydi. Qirg‘izistonda aholi har kubometr suvga 6,84 som (904 so‘m) to‘laydi. Turkmanistonda esa belgilangan limitdan ko‘p isteʼmol qilingan suvning 1 kubometri 0,5 manat (1 662 so‘m) turadi.

Maʼlumotlarga qaraganda, hozirda Yevropa davlatlari aholisi ichimlik suvi uchun dunyodagi eng yuqori narxda to‘lov qiladi. Ro‘yxatda birinchi o‘rinni Norvegiya egallagan. Mamlakat fuqarolari 1000 litr (1 kubometr) ichimlik suvi uchun 5,51 yevro to‘laydi. Keyingi o‘rinlarda Germaniya (4,67 yevro), Daniya (4,37 yevro), Niderlandiya (3,99 yevro) keltirilgan.

Yevropadagi davlatlarning barcha shaharlari ichida ichimlik suvi Italiyaning Neapol shahrida eng arzon hisoblanadi. U yerda har bir kubometr chuchuk suv narxi 1,42 yevro turadi. Amerikada esa suv narxi Yevropadagi narxlardan 3 barobar arzonroq.

Nega suv narxi oshirilyapti?

“O‘zsuvtaʼminot” AJ axborotiga ko‘ra, viloyatlarda aholining markazlashgan ichimlik suvi bilan taʼminlanish darajasini oshirish rejalashtirilgan. Buning uchun ichimlik suvi va kanalizatsiya tarmoqlari, suv hamda kanalizatsiya inshootlari barpo etilishi zarur. Bundan tashqari, ish haqi, elektr-energiya, soliq to‘lovlari, xorijiy kreditlar to‘lovi amalga oshirilgan bo‘lib, joriy va kapital taʼmirlash, tizimni modernizatsiya qilish ishlarida ham sarf-xarajatlar talab etiladi. Shundan kelib chiqib, ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv xizmatlari uchun yangi tariflar tasdiqlanmoqda.

Yana bir masala borki, so‘nggi paytda O‘zbekistonda suv narxi arzonligi bois uni isrof qilish holatlari ko‘paygani jamoatchilik eʼtiboriga tushgan. Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, Yevropa davlatlari, xususan, Daniyada suv narxi qimmatligi sababli uni tejash, suvdan unumli va to‘g‘ri foydalanish darajasi yuqori. Narxlar oshishida birinchi navbatda suv isrofini kamaytirish va bozor narxlarini joriy qilish orqali, undan unumli foydalanish darajasini oshirish nazarda tutilayotgan bo‘lishi mumkin.

Yaqinda Senat raisi Tanzila Norboyeva yalpi majlislardan birida suv bilan bog‘liq muammolar haqida jamoatchilik bong urayotgani, biroq masʼullar jim ekanini aytgandi.

“Suv resurslarining kamayishi va tanqisligi butun dunyoda kuzatilayotgan global muammo. Bundan tegishli xulosalar qilib, suvni tejash va ratsional ishlatishni o‘rganishimiz zarur. Lekin bu yo‘nalishda o‘z yechimini kutayotgan asosiy masala – suvdan foydalanishdagi isrofgarchilik va o‘ylovsiz ishlatilishi masalasi. Kundalik hayotimizda suvni behuda, maqsadsiz isrof qilish holatlariga ko‘p duch kelmoqdamiz. Oxirgi paytlarda suv bilan bog‘liq tizimli muammolar haqida jamoatchilik bong urmoqda. Turli tanqidiy-tahliliy chiqishlar, asosli mulohazalar bildirilmoqda. Biroq masʼullar jim. Suvdan ratsional foydalanishga qaratilgan keng qamrovli chora-tadbirlarni ko‘rmayapmiz”, — degan u.

Senat raisining mazkur chiqishidan so‘ng iqtisodchi Otabek Bakirov suv isrofini ratsional tariflar jilovlashi haqida fikr bildirgan.

Читайте также:  Масло для dsg skoda kodiaq

“Nemislar ichimlik suvi kubasini 1 400 so‘mdan olsa, ular ham ichimlik suvi bilan basseynini to‘ldirishni, tomorqasini sug‘orishni, mashinasini, gilamini, plitkasini yuvishni boshlaydi. Kuniga 400 litr nima bo‘pti, ming litr sarflaydi. Nemislar yaxshi, o‘zbeklar yomon emas. Inson zehniyati va tabiati shunday. Agar turk fermeri suvdan foydalanganlik uchun kubasiga 65 so‘m soliq to‘lasa, u hech qachon tomchilatib yo yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalari, kanal va drenajlar uchun pul kiritmaydi. Qanday ko‘llatib sug‘orayotgan bo‘lsa, shunday ko‘llatishda davom etadi. Undan keyingi fermer nima bo‘ladi, iroqlik fermerning holi ne kechadi, xayoligayam keltirmaydi.

Suvni isrof qilma deyish bekor, suvni ko‘p sarflagan qimmat to‘lashi kerak, bo‘ldi. Istaganingcha sarfla, lekin marhamat qilib bozor narxida to‘lab qo‘y. Shunda o‘zbek ham xuddi nemis singari kuniga 125 litr suv bilan kifoya qila boshlaydi, bir stakan suv bilan tishini yuvadi, ikkinchi stakandagi suv bilan soqol oladi, suv oqib yotgan unitazini darrov taʼmirlaydi. Shunda o‘zbek fermeri gektariga o‘n ming kub suv emas, ming kub suv bilan paxta yetishtirish haqida o‘ylay boshlaydi. Sodda tilda bu bozorga o‘tish degani. Ratsional tarif siyosati degani”, — deb yozgan Otabek Bakirov.

Iqlimshunos Erkin Abdulahatovning yozishicha, suv taqchilligi xavf solayotgan bugungi zamonda ko‘plab mamlakatlar ilmiy yondashuv va zamonaviy texnologiyalar yordamida muammoga yechim izlamoqda.

“Afrika mamlakatlari allaqachon ekoturizmni rivojlantirish va aholi turmush tarzini barqarorlashtirishda “havodan suvga” tamoyili bo‘yicha havo suv bug‘idan ichimlik suv olish texnologiyalarini qo‘llashga o‘tmoqda. Texnologiyalar har bir turar joy binosiga o‘rnatiladi va havodan toza chuchuk suv olinadi. Texnologik qurilmada to‘plangan suv maʼlum bir sathga yetganda asta-sekin tarmoqlar orqali binoda eng birinchi suv kerak nuqtalarga jo‘natiladi. Markaziy va janubiy Yevropa mamlakatlari so‘nggi yillarda Afrika Sahroyi Kabir issiqliklari bemalol kirib kelishi mumkin mintaqaga aylanib, yozda davomli issiq haroratlarni taqdim etishi odatga aylanayotgan hududga o‘tmoqda. Bu joylarda allaqachon suv muammolari belgilari bo‘y cho‘zgan. Ular masalani chuqurlashtirmaslik uchun aholini suvsiz yuvinish usullarini qo‘llashga chaqirishmoqda. Cho‘milish-yuvinishda quruq-gigiyenik moslamalarga o‘tish orqali ichimlik suv tanqisligiga bo‘lgan xavfni kamaytirish mumkinligiga ishonishmoqda. O‘zbekistonning katta hududlarida ham suv yetishmovchiligi asta-sekin o‘z belgilarini ko‘rsatmoqda. Ko‘plab tumanlarda suv quvurlarida oldingidek suv oqmayapti. Suv quvurlari boshidagi manbalarda o‘tmish suvlari yo‘q endi. Aksiga yerosti ichimlik suvlari ham qochmoqda. Ariqlarda endi bizning ko‘zimiz o‘rgangan suvlar oqmay qolmoqda. Masala jiddiyligi, suvni iqtisod qilish bo‘yicha oynayi jahonda xam asta roliklar aylana boshlamoqda. Suv taqchilligi barcha muammolarni kuchaytirmoqda. Prognozlar esa bundan battar vaziyatni taqdim etmoqda. Xavf yaqin, real xavf oldimizda turibdi va bu uzoq yillarni kutmaydi”, — deya fikr bildirgan mutaxassis.

Umuman olganda, ayni paytda ko‘plab mutaxassislar hukumatning suv tanqisligi muammosiga yangi yondashuvlar bilan kirib borishi muhim ahamiyatga egaligini takrorlamoqda. Bu jarayonda aholining suvga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirish ham zarur. Ichimlik suvi basseyn to‘ldirish, bog‘ sug‘orish yoki avtomobil yuvishga emas, isteʼmol uchun sarflanishi kerakligini aksariyat insonlarga tushuntirish lozim.

Читайте также:  Nissan z51 bluetooth murano

Источник

Issiq suv narxi toshkentda

Unga ko‘ra aholi uchun ichimlik suvi narxi 950 so‘mdan 1700 so‘mga, budjet tashkilotlari hamda ulgurji iste’molchilar uchun 4 ming so‘mdan 7 ming so‘mga oshirilmoqda.

Toshkent viloyatida ichimlik va oqova suv xizmatlari uchun narxlar oshirilmoqda

Toshkent viloyatida ichimlik suvi va oqova xizmatlar bo‘yicha yangi tariflar belgilanmoqda. Bu haqda “O‘zsuvta’minot»ning matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, xalq deputatlari Toshkent viloyati kengashining tegishli qarori bilan “Toshkent suv ta’minoti” tomonidan iste’mochilarga yetkazib beriladigan ichimlik suvi va ko‘rsatiladigan oqova suv xizmatlari uchun yangi tariflar tasdiqlangan.

Unga ko‘ra aholi uchun ichimlik suvi narxi 950 so‘mdan 1700 so‘mga, budjet tashkilotlari hamda ulgurji iste’molchilar uchun 4 ming so‘mdan 7 ming so‘mga oshirilmoqda.

Shuningdek, oqova suv xizmati narxi aholi uchun 700 so‘mdan 850 so‘mga, budjet tashkilotlari hamda ulgurji iste’molchilar uchun esa 1 300 so‘mdan 1 850 so‘mga oshiriladi.

Mazkur yangi tariflar joriy yilning 20-avgustidan amalda qo‘llaniladi.

Bundan tashqari, “Chimgan-Chorbog‘ suv ta’minoti” hamda “Musaffo obi hayot” tomonidan iste’mochilarga yetkazib beriladigan ichimlik suvi va ko‘rsatiladigan oqova suv xizmatlari uchun ham yangi tariflar belgilandi.

Unga ko‘ra, “Chimgan-Chorbog‘ suv ta’minoti” tomonidan yangilangan tariflar:

Ichimlik suvi uchun: Yangilangan narxlar:
aholi uchun 1 050 so‘m
budjet tashkilotlari uchun 1100 so‘m
ulgurji iste’molchilar uchun 4 000 so‘m
Oqova suv xizmati uchun:
aholi uchun 300 so‘m
budjet tashkilotlari uchun 350 so‘m
ulgurji iste’molchilar uchun 2 800 so‘m

Shuningdek, “Musaffo obi hayot” tomonidan yangilangan tariflar:

Ichimlik suvi uchun: Yangilangan narxlar:
aholi uchun 600 so‘m
budjet tashkilotlari uchun 1 000 so‘m
ulgurji iste’molchilar uchun 3500 so‘m
boshqa ulgurji tashkilotlari uchun 600 so‘m
Oqova suv xizmati uchun:
aholi uchun 400 so‘m
budjet tashkilotlari uchun 500 so‘m
ulgurji iste’molchilar uchun 1 100 so‘m
boshqa ulgurji tashkilotlari uchun 400 so‘m

Mazkur narxlar 20-avgustdan amal qiladi. Bunda keltirilgan narxlar QQS siz hisoblangan.

“O‘zsuvta’minot” kompaniyasi suv narxlari oshirilishini tizimni modernizatsiya qilishga talab etiladigan xarajatlar zarurligi bilan izohladi.

Источник

Оцените статью
Adblock
detector