CHORTOQ
CHORTOQ — Namangan viloyati Chortoq tumanidagi shahar, tuman markazi. T. y. stansiyasi. Chortoqdan respublika ahamiyatidagi Namangan — Chortoq — Nanay avtomobil yoʻli oʻtgan. Namangan sh. dan 19 km shim. da, Chortoqsoy vodiysida. Aholisi 47,7 ming kishi (2003). Chortoqda paxta tozalash, mineral suv kadoklash zdlari, tikuvchilik fkasi, avtokorxona, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, 10 dan ziyod umumiy taʼlim maktabi, madaniyat uyi, kutubxonalar, kasalxona, poliklinika, bosmaxona va b. ishlab turibdi.
Chortoqdan 7 km shim. sharkda 650 m balandlikda, Chortoqsoy sohilida «Chortoq» sanatoriysi joylashgan. Chortoq mineral suvi 1953-y. da ochilgan. Bolalar sanatoriysi ham ishlab turibdi. Sanatoriyda 15 xildan koʻproq davolash usullari qoʻllaniladi. Davolash kompleksiga fizioterapiya, iklim bilan davolash, massaj, parqez ovqatlar va b. kiradi. Iklimi kontinental. Yozi issiq, quruq, qishi iliq, quyosh nuri koʻp. Yillik quyosh nuri Kavkaz va Krim kurortlariga nisbatan ikki barobar ortiq tushadi (4800 soat, Sochila 1980, Nalchikda 1710 soat). Quyoshning yuqori turishi natijasida bulutli kunlar kam boʻladi va quyosh radiatsiyasi 144,0 kkal/sm2 ga yetadi. Chortoqda yanv., fevral oylaridagina tra 0°dan past boʻladi. Yanv. ning oʻrtacha trasi —1,4°, eng past tra —24°, iyulning oʻrtacha trasi 23°, eng yuqori tra 39°. Yiliga 277 mm yogin tushadi. Bu sharoit sanatoriyda aero va gelioterapiya usullarida davolash imkonini ham beradi. Hududi koʻkalamzorlashtirilgan, bog, mevazor va yongʻoqzorlardan iborat.
Related Posts:
CHORTOQ SUV OMBORI
CHORTOQ SUV OMBORI — Namangan viloyatida Chortoqsoy daryosi oʻzanida qurilgan suv ombori. Daryo suvini mavsumiy tartibga soladi. 1navbati 1975-y. da qurib tamomlangan. Toʻliq hajmi 30,0 mln. m3, toʻgʻoni bal. 37 m, maksimal suv oʻtkazish imkoniyati 50 m3/sek. Namangan viloyatidagi Chortoq, Uchqoʻrgʻon tumanlaridagi ekinzorlarning suv taʼminotini yaxshilash imkoniyatini beradi.
Lotin alifbosida maqola: CHORTOQ SUV OMBORI haqida to’liq ma’lumot kategoriyasi: Ch harfi fikringiz bo’lsa izohda qoldiring va do’stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo’lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)
Категории
Популярные тексты
Музыка очень многообразна в своих направлениях и жанрах, пожалуй, это единственный вид искусства столь многогранный. Музыка способна успокоить и зарядить энергией. Лирическая музыка расслабляет, ритмичная возбуждает это всем хорошо известно. Эти свойства музыки известны и используются нами еще с древних времен. Безусловно, первый вид искусства был музыкальным. Возможно, это была колыбельная песня или боевой марш. Редко встретишь человека, который был бы равнодушен к музыке. В настоящее время музыка перестала быть только искусством. Для многих музыка это стиль жизни, для других это имидж, для кого-то это порция адреналина или лекарство от депрессии. Первыми музыкальными дисками или скорее их прародителями можно считать музыкальные автоматы-проигрыватели с набором грампластинок. Назывались эти автоматы Juke Box, и они были популярны в Америке в 20-30 годах. Количество грампластинок обычно достигало сотни, но они вмещали только одну музыкальную композицию. Эти автоматы были очень популярны, и именно они дали толчок к развитию граммофонной промышленности и появлению первых студий звукозаписи. Особенно стоит отметить 60-е годы. Это время считают музыкальной революцией, именно в это время музыка покидает тесные бары и музыкальные клубы и выходит на улицу. Ее можно было услышать в парках, во дворах и на стадионах. Этому во многом способствовали современные технологии. В большом количестве появляются музыкальные радиостанции, на волнах которых постоянно проигрываются музыкальные диски. Чуть позже появляются первые компакт диски, которые по достоинству были оценены звукозаписывающими компаниями как удачная замена виниловым музыкальным дискам. Вся продукция нашего магазина лицензирована и имеет сертификаты качества. Прямые поставки от производителей позволяют нам торговать по разумным ценам. Мы постоянно проводим сезонные распродажи и всевозможные акции, информацию о которых мы высылаем всем зарегистрированным пользователям.
Права на тексты песен и переводы принадлежат их авторам.
Все тексты и переводы представлены для ознакомления.
Chortoq suv ombori namangan
— Namangan geografik jihatdan joylashgan oʻrni boʻyicha oʻziga xos xususiyatga ega — Norin-Sirdaryo havzasining tekisliklari, togʻlik, qir-adirliklardan iborat, — deydi viloyat suv omborlaridan foydalanish boshqarmasi boshligʻi Jahongir Umarov. – Shundan kelib chiqib, viloyatdagi sugʻoriladigan yerlarni sugʻorishda oʻzi oqar suvlardan, nasos-kuch vositalaridan, shimoliy hududlardagi qir-adirliklarni suv bilan taʼminlashda esa togʻlardan oqib tushuvchi mahalliy soylarning oʻzanida qurilgan suv saqlash havzalari – sunʼiy suv omborlaridan keng foydalaniladi. Bu yumushlarning oʻz vaqtida uddalanishida esa 1985-yilda viloyat suv xoʻjaligi boshqarmasi tarkibida tashkil etilgan va respublika Suv xoʻjaligi vazirligining 2018-yildagi buyrugʻi bilan mustaqil tashkilot sifatida faoliyat yuritib kelayotgan boshqarmamiz ishchi-xodimlarining xizmatlari salmoqli.
Boshqarma tarkibida 9 ta suv va 8 ta sel omborlari mavjud boʻlib, ularning doimiy ravishda ishchi holatida boʻlishi, soz saqlanishi uchun jamoamizning 193 nafar xodimi samarali faoliyat yuritib kelmoqda. Chust tumanidagi “Rezaksoy” (loyihaviy sigʻimi – 300 mln. metr kub), Popdagi “Jiydalisoy” (loyihaviy sigʻimi — 44 mln. metr kub), shuningdek, Chortoq tumanidagi “Chortoq” (loyihaviy sigʻimi – 30 mln. metr kub) suv omborlarini sigʻimi jihatidan viloyatimizdagi eng katta suv omborlari sirasidan deb aytsak, Kosonsoydagi “Qorasuv” (6,3 mln. metr kub) suv omborini viloyatimizdagi eng kichik suv omborlaridan deyish mumkin. Shuningdek, Chust tumanida yana “Varzik”, “Koʻkseraksoy”, Yangiqoʻrgʻonda “Eskiyer”, “Zarkent”, Kosonsoyda “Yertikon” suv omborlari ham mavjud boʻlib, yuqorida aytib oʻtgan suv omborlari viloyatimizdagi jami 83500 gektar maydondagi qishloq xoʻjaligi ekinlarini suv bilan taʼminlashga xizmat qiladi, qish va erta bahorda koʻp kuzatiladigan hududlardan oqib oʻtuvchi mahalliy soylardagi sel suvlarini ushlab qolib, ularni yigʻish uchun ham moʻljallangan.
— Soʻnggi kunlarda mamlakatimizning koʻpgina hududlarida kuchli yogʻingarchiliklar va buning oqibatida sel kelish holatlari kuzatilyapti. Bu esa boshqarma xodimlarini yana-da ogohroq, hushyorroq boʻlishga chaqirishi tabiiy, albatta.
— Toʻgʻri, Sirdaryodagi “Sardoba” suv omborida yuz bergan koʻngilsizlik, Surxondaryo va Navoiy viloyatlarining ayrim tumanlarida sodir boʻlgan noxush voqealar barchamizni yana-da hushyorlikka chaqirgani shubhasiz. Bu jihatdan olib qaraganda, yurtdoshlarimiz xotirjam boʻlishlari mumkin. Yaʼni, aytmoqchimanki, viloyatimiz hududidagi jami suv omborlarining sigʻimi 440.7 mln. metr kub boʻlsa, 14-may holatiga 196.732 mln. metr kub suv yigʻildi.
Bundan tashqari, Namangan shahridagi “Gʻirvonsoy”, Yangiqoʻrgʻon tumanidagi “Qandiyon”, “Qizsoy” va “Gaiston”, Toʻraqoʻrgʻondagi “Kengkulsoy”, Chortoqdagi “Beshtol” va “Qoramurut”, Uychi tumanidagi “Sassiqsoy” sel omborlari ham eng birinchi navbatda aynan viloyatimiz aholisi va iqtisodiyot tarmoqlari obyektlarini seldan himoya qilishga xizmat qiladi.
— Oldinda esa yozning jaziramali kunlari.
— Fikringizni tushundim. Viloyatimizda suv tanqisligining oldini olish maqsadida mavjud suv omborlarining sigʻimini oshirish boʻyicha qabul qilingan Dasturlarga asosan 2017-2018-yillarda Kosonsoy tumanidagi “Qorasuv” suv ombori qurilishining 2-navbatidagi qolgan ishlarni bajarish uchun 2 mlrd. 656 mln. soʻm mablagʻ sarflanib, suv sigʻimi 3,0 mln.metr kubdan 6,3 mln.metr kubga yetkazildi.
“Yertikon” suv ombori suv sigʻimini 3 mln. metr kubdan 20 mln metr kubga yetkazish ishlari uchun esa 2017-2019-yillarda 49 mlrd. 593 mln. soʻm mablagʻ ajratilib, bugunga kelib mazkur obyektda ham qurilish ishlari yakunlanib, foydalanishga topshirildi.
Prezidentimizning 2018-yilda viloyatimizga qilgan tashriflari davomida bitta suv omborini rekonstruksiya qilish va ikkitasining qurilishi Respublika dasturiga kiritilgan. Yaʼni, Yangiqoʻrgʻondagi “Zarkent” suv omborini rekonstruksiya qilish, Kosonsoy tumanida “Isparon” va Pop tumanidagi “Chorkesar” suv omborlarini qurish koʻzda tutilgan. Mazkur ishlar amalga oshirilgach, viloyatimizning Pop, Kosonsoy, Yangiqoʻrgʻon va Chortoq tumanlaridagi jami 10 ming gektar ekin maydonining suv taʼminoti yaxshilanadi.
Hozirda suv omborlarining, ulardagi gidroinshootlarning texnik holati muntazam ravishda malakali mutaxassislar tomonidan doimiy nazorat qilib borilmoqda, dambalar va qirgʻoqlar holati boʻyicha muntazam kuzatuv yoʻlga qoʻyilgan. Shuningdek, gidroinshootlardagi mavjud mexanizmlar oʻz vaqtida texnik qarovdan oʻtkazilib, sozligi taʼminlanyapti.
Bundan tashqari, bahor oylarida kuzatiladigan sel va toshqinlarni betalafot oʻtkazish maqsadida har bir suv va sel omborlarida navbatchilik tashkil etilgan. Texnogen va favqulodda vaziyatlar sodir boʻlganda xabardor qilish tizimi ishlab chiqilib, aholini ogohlantiruvchi sirenalar, aloqa vositalari va qoʻshimcha elektr taʼminoti vositalari bilan taʼminlangan.
Ilhomjon JUMANAZAROV suhbatlashdi.
CHORTOQ TUMANI
CHORTOQ TUMANI – Namangan viloyatidagi tuman. 1950 yil 15 aprelda tashkil etilgan. G’arbdan Yangiqo’rg’on, Janub, Janubi sharqdan Uychi tumanlari, shimol va Sharqda Qirg’iziston Respublikasi bilan chegaradosh. Maydoni 0,36 ming kilometr kvadrat. Aholisi 143,9 ming kishi (2003). Tumanda 1 shahar (Chortoq), 9 qishloq fuqarolari yig’ini (Alixon, Bog’iston, Gulshan, Koroskon, Muchum, Oyqiron, Peshqo’rg’on, saroy, Hazratisho) bor. Markazi Chortoq shahri. Tabiati. Chortoq tumani Chatqol tizmasining Janub etaklarida joylashgan. Yer yuzasi tekislik va adirlardan iborat. Balandligi Janubdan shimolga 300 metrdan 1500 metrgacha. Foydali qazilmalardan neft, mahalliy ahamiyatga ega bo’lgan qurilish materiallaridan shag’al, ohaktosh, gil tuproqlari bor. Iqlimi kontinental; yozi issiq va quruq, qishi sovuq. O’rtacha temperatura yanvarda — 8 dan -4° gacha, iyulda 25— 26°. Eng past temperatura qishda -29°, yozda eng baland temperatura 40°. Yiliga 300-400 millimetr yog’in tushadi (ko’proq qishda va bahorda yog’adi). Vegetatsiya davri 175 kun. Tog’ adirlardan katta kichik soylar oqib tushadi. Ulardan ba’zilarida faqat yog’ingarchilik mavsumidagina suv oqib, yozda qurib qoladi. Eng yirik soylari: Chortoqsoy, Namangansoy (yuqori qismida Pochchaotasoy) va boshqa soylardan bahorgi yomg’irlarda kuchli sel keladi va xo’jalikka katta zarar yetkazadi. Ayrim soylarda selga qarshi selxonalar kurilgan. Soy suvlaridan sug’orishda keng foydalaniladi. Tumanning Janub qismidan kata Namangan (Chortoq), Janub chegarasidan Shimoliy Farg’ona kanallari o’tgan. Tuproqlari, asosan, tipik bo’z tuproqlar. Qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlar o’zlashtirilgan. Tabiiy o’simliklar, asosan, adirlarda saqlangan: efemer o’tlar va butalar o’sadi. Adir o’simliklarini o’rganish va ularni boyitish bo’yicha O’zbekiston Fanlar Akademiyasi Botanika institutining tajriba uchastkasi bor. Yovvoyi hayvonlardan tulki, yumronqoziq, toshbaqa, turli xil ilonlar, kaltakesaklar; qushlardan kaklik, ular va boshqalar uchraydi; suvlarida har xil baliqlar mavjud. Aholisi, asosan, o’zbeklar, shuningdek, tojik, qirg’iz, tatar, rus va boshqa millat vakillari ham yashaydi. Aholining o’rtacha zichligi 1 kilometr kvadratga 400 kishi. Qishloq aholisi 96,2 ming kishi, shahar aholisi 47,7 ming kishi. Xo’jaligi, asosan, qishloq xo’jaligiga ixtisoslashgan. Paxta tozalash, Chortoq mineral suv zavodlari, bosmaxona, tikuvchilik fabrikasi, avtokorxona, MTP, qurilish tashkilotlari, savdo, madaniy va maishiy xizmat ko’rsatish shoxobchalari faoliyat ko’rsatadi. Qishloq xo’jaligining yetakchi tarmog’i — paxtachilik. Sabzavotchilik, g’allachilik, meva yetishtirish ham rivojlangan. Shirkat va fermer xo’jaliklari bor. Ekin maydonlariga paxta, don, sabzavot, kartoshka va poliz ekinlari ekiladi. Mevazor va tokzorlar ko’p. Tumanda Markaziy kutubxona va uning tarmoqlari, klub muassasalari va madaniyat uylari, xalq teatri aholiga xizmat ko’rsatadi. Umumiy ta’lim maktablari, bolalar musiqa maktabi, Markaziy kasalxona, poliklinika, dorixonalar, feldsherakusherlik, qishloq vrachlik punktlari ishlab turibdi. «Paxtaliko’l», «Chortoq» sanatoriylari faoliyat ko’rsatadi. Farg’ona vodiysi bo’ylab o’tkazilgan aylanma temir yo’l Chortoq shahridan o’tadi. Namangan— Chortoq—Nanay avtomobil yo’li respublika ahamiyatiga ega.