Andijon suv ombori haqida malumot

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘iziston bilan chegara va Andijon suv omborini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi qonunlarni imzoladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 noyabr kuni O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnoma hamda Andijon (Kampirobod) suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilishga oid qonunlarni imzoladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur xalqaro shartnomalar O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Vladimir Norov boshchiligidagi delegatsiyaning 2022 yil 3 noyabrda Bishkek shahriga tashrifi chog‘ida imzolangan. Bu haqdagi qonunlar Qonunchilik palatasi tomonidan 2022 yil 14 noyabrda qabul qilingan va Senat tomonidan 2022 yil 18 noyabrda ma’qullangan. Ularni ratifikatsiya qilish bo‘yicha Qirg‘iziston qonunlarini Sadir Japarov 2022 yil 29 noyabrda imzolagan.

O‘zbekiston Respublikasi bilan Qirg‘iziston o‘rtasidagi davlat chegarasining alohida uchastkalari to‘g‘risidagi shartnoma 13 ta moddadan iborat. Unda o‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasining 35 ta uchastkadagi umumiy uzunligi 302,29 km bo‘lgan chizig‘i belgilandi.

O‘zbekistonga 4957 gektardagi Andijon suv ombori hududi hamda to‘g‘onga xizmat ko‘rsatish va uni muhofaza qilish uchun qo‘shimcha 19,5 gektar yer maydoni o‘tkaziladi, Qirg‘izistonga esa kompensatsiya tarzida 1019 gektar yaylov yerlari beriladi.

Shuningdek, Qirg‘izistonga Andijon suv omborining qurilmay qolgan Kampirobod chap qirg‘oq kanali uchun «G‘ovasoy» uchastkasidan 12 849 gektar yer maydoni kompensatsiya tarzida beriladi. Bunda, Qirg‘iziston tomoni «G‘ovasoy» daryosining tabiiy oqimiga to‘sqinlik qiladigan gidrotexnik va boshqa inshootlarni qurmaslik, suvning texnik ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik majburiyatini oladi.

Andijon suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish masalalasi va So‘x tumanidagi «Chashma» bulog‘i joylashgan uchastka alohida shartnomalar bilan tartibga solinishi kelishib olindi.

O‘zbek-qirg‘iz Davlat chegarasining ayrim uchastkalarida demarkatsiya ishlari to‘la tugallanmaguncha Davlat chegarasini nazorat qilish va qo‘riqlash yerdan haqiqiy foydalanish chegalari bo‘ylab amalga oshiriladi.

Andijon (Kampirobod) suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish to‘g‘risidagi bitim 11 ta moddadan iborat. Unda Andijon suv ombori suv resurslarini birgalikda boshqarish bo‘yicha Qo‘shma komissiya (O‘zbekistondan — suv xo‘jaligi vaziri) tuzildi va uning faoliyati to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston tomonidan Bitimni amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat organlari (O‘zbekiston tomonidan — Suv xo‘jaligi vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi) va ularning o‘zaro hamkorlik qilish tartibi belgilab berildi.

Читайте также:  Процессоры обработки сигнала и кроссоверы

Andijon suv omborining suv resurslarini birgalikda boshqarish bo‘yicha Bitim tomonlarining o‘zaro majburiyatlari aks ettirildi.

O‘zbek tomoni suv omboridagi suv sathini 900 gorizontaldan yuqori bo‘lmagan sathda ushlab turish, Qirg‘iziston fuqarolarining suv ombori suviga erkin kirishi va undan foydalanishini (hayvonlarga suv berish, sug‘orish, baliq ovlash) ta’minlash, atrofida muhandislik-texnik inshootlarni o‘rnatmaslik majburiyatlarini olgan. Qirg‘iziston tomoni suvni muhofaza qilish zonalari o‘rnatilishi, undan foydalanish rejimiga rioya etilishini ta’minlash majburiyatlarini olgan.

Andijon suv omborining xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar kelishib olindi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni suv omborining xavfsizligini ta’minlaydi, ekspluatatsiya qiladi, texnik xizmat ko‘rsatadi, Qirg‘iziston tomoni bilan kelishilgan limitlar doirasida suv chiqaradi.

Umuman aytganda, chegara chizig‘ini delimitatsiya qilishni yakuniga yetkazish orqali mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalar yanada mustahkamlanib, hech qanday kelishmovchilikka o‘rin qolmaydi.

Andijon suv ombori suv resurslarini birgalikda boshqarishning huquqiy asoslari yaratiladi. 2,5 million tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va 500 million dollar miqdoridagi mahsulotlarni eksport qilish uchun 8 mingga yaqin fermer xo‘jaliklarini suv bilan uzluksiz ta’minlash imkoniyati paydo bo‘ladi.

Источник

ANDIJON SUV OMBORI

ANDIJON SUV OMBORI — Andijon viloyatida Qoradaryoda qurilgan gidrotexnika inshooti. Koʻp yillik rejimda daryo suvini tartibga soladi. Irrigatsiya-energetika maqsadlariga moʻljallangan. Qurilish 1982-y. da nihoyasiga yetdi. Andijon suv ombori bal. 121 m, uzunligi 1040 m boʻlgan betonli katta kontrforeli toʻgʻon qurib hosil qilingan. Suv sigʻimi 1,9 mlrd. m3. Gidrouzel tarkibiga toʻgʻon, suv oʻtkazuvchi inshootlar va GES kiradi. Suv oʻtkazuvchi inshootlar favqulodda tosh-qinda 1700 m3/s gacha suv oʻtkazishga va umumiy suv sarfi 230 m3/s boʻlgan irrigatsiya kanallariga oqizishga moʻljallangan. GES kanallarga tushayotgan suv hisobiga ishlaydi, 192 m3/s suv sarfiga moʻljallangan, quvvati 140 MVt. A. s. o. suvi Fargʻona vodiysida 273 ming ga yaqin maydonning suv taʼminotini yaxshilaydi, qoʻshimcha 35 ming ga yerni sugʻorish imkoniyatini beradi.

Lotin alifbosida maqola: ANDIJON SUV OMBORI haqida to’liq ma’lumot kategoriyasi: A harfi fikringiz bo’lsa izohda qoldiring va do’stlaringiz bilan ulashing biz bundan minatdor bo’lamiz bizni kuzatishni davom eting (u kim, bu nima, qanaqa ?, tushunchasi, degan savolarga javob topishingiz mumkin)

Читайте также:  Замена внутреннего шруса hyundai tucson
Категории
Популярные тексты

Музыка очень многообразна в своих направлениях и жанрах, пожалуй, это единственный вид искусства столь многогранный. Музыка способна успокоить и зарядить энергией. Лирическая музыка расслабляет, ритмичная возбуждает это всем хорошо известно. Эти свойства музыки известны и используются нами еще с древних времен. Безусловно, первый вид искусства был музыкальным. Возможно, это была колыбельная песня или боевой марш. Редко встретишь человека, который был бы равнодушен к музыке. В настоящее время музыка перестала быть только искусством. Для многих музыка это стиль жизни, для других это имидж, для кого-то это порция адреналина или лекарство от депрессии. Первыми музыкальными дисками или скорее их прародителями можно считать музыкальные автоматы-проигрыватели с набором грампластинок. Назывались эти автоматы Juke Box, и они были популярны в Америке в 20-30 годах. Количество грампластинок обычно достигало сотни, но они вмещали только одну музыкальную композицию. Эти автоматы были очень популярны, и именно они дали толчок к развитию граммофонной промышленности и появлению первых студий звукозаписи. Особенно стоит отметить 60-е годы. Это время считают музыкальной революцией, именно в это время музыка покидает тесные бары и музыкальные клубы и выходит на улицу. Ее можно было услышать в парках, во дворах и на стадионах. Этому во многом способствовали современные технологии. В большом количестве появляются музыкальные радиостанции, на волнах которых постоянно проигрываются музыкальные диски. Чуть позже появляются первые компакт диски, которые по достоинству были оценены звукозаписывающими компаниями как удачная замена виниловым музыкальным дискам. Вся продукция нашего магазина лицензирована и имеет сертификаты качества. Прямые поставки от производителей позволяют нам торговать по разумным ценам. Мы постоянно проводим сезонные распродажи и всевозможные акции, информацию о которых мы высылаем всем зарегистрированным пользователям.

Права на тексты песен и переводы принадлежат их авторам.
Все тексты и переводы представлены для ознакомления.

Источник

Kampirobod suv ombori yonidagi shahar — Xonobod | Manzil

Yaqinda Qirg‘iziston bilan chegara bitimi tuzilib, Andijon (Kampirobod) suv ombori to‘liq O‘zbekiston hududida ekani tasdiqlangan edi. “Manzil” loyihasi shu suv ombor sababli bunyod etilgan Xonobod shahriga sayohat qildi. Daraxtlari ko‘pligi va yashillik saqlanib qolgani bilan dong taratgan Xonobod bugungi kunda turistlar uchun ajoyib maskanga aylangan.

Читайте также:  Kia sorento 2010 тюнинг

Buyuk ipak yo‘lining bir qismi o‘tgani, tog‘dan oqib keluvchi Qoradaryo qirg‘og‘ida joylashgani sabab, Xonobod joylashgan joyda ancha qadimdan insonlar istiqomat qilgan. Bu yerga shahar maqomi esa 1972 yildan berilgan. Bunga Andijon suv omborining qurilishi sabab bo‘lgan.

Bu yerda suv ombori qurish haqidagi ilk takliflar 1917 yilda yangragan. Qurilish ishlari bo‘yicha qaror 1963 yilda e’lon qilingan. O‘sha paytda suv ombor qurilishi uchun 297 mln rubl ajratilgan. Qurilish 1969 yilda boshlanib, 1983 yilda tugatilgan. Suv omborining eng chuqur joyi 98 metrni tashkil qiladi. Eniga 6 km, uzunligi esa 20 km. Mana shunday katta suv ombori dambasini qurish maqsadida kelgan ishchilar va ularning oilalari uchun qurilgan ko‘p qavatli uylar, ijtimoiy obektlar Xonobod shahrining tashkil topishiga sabab bo‘lgan.

To‘g‘risi, Xonoboddagidek yashil shaharni haligacha boshqa hududlarda uchratganim yo‘q. Bunga ko‘rsatuvni ko‘rib o‘zingiz amin bo‘lasiz.

Tohirjon Tursunov,
Kun.uz’ning “Manzil” loyihasi uchun maxsus

Источник

Андижон сув омбори биргаликда бошқарилади

Президент 30.11.2022 йилдаги «Андижон (Кампиробод) сув омборининг сув ресурсларини биргаликда бошқариш тўғрисидаги Битимни ратификация қилиш ҳақида»ги ЎРҚ-805 -сон Қонунни имзолади. Қонун Олий Мажлис Қонунчилик палатаси томонидан 14.11.2022 йилда қабул қилинган ва Сенат томонидан 18.11.2022 йилда маъқулланган.

Битим 11 моддадан иборат, шунингдек сув омборининг сув ресурсларини биргаликда бошқариш бўйича комиссия ташкил этилди ва унинг фаолияти тўғрисида низом тасдиқланди.

Битимни амалга ошириш учун масъул бўлган Ўзбекистон ва Қирғизистон ваколатли давлат органлари белгиланди. Ўзбекистон томонидан улар – Сув хўжалиги вазирлиги, Фавқулодда вазиятлар вазирлиги ҳамда Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Сув хўжалиги объектлари хавфсизлигини назорат қилиш давлат инспекцияси.

Битимда Андижон сув омборининг сув ресурсларини биргаликда бошқариш тўғрисидаги Битим томонларининг ўзаро мажбуриятлари акс эттирилган.

Ўзбекистон томони сув омборида муайян сув даражасини сақлаш, Қирғизистон фуқароларининг сув омборидаги сувдан эркин фойдаланишларини таъминлаш (ҳайвонларни суғориш, суғориш, балиқчилик), сув омбори атрофида муҳандислик-техник иншоотлар ўрнатмаслик мажбуриятини зиммасига олди. Қирғизистон томони сувни муҳофаза қилиш зоналарини белгилаш ва сувдан фойдаланиш режимига амал қилиш мажбуриятини зиммасига олди.

Ҳужжат Қонун ҳужжатлари миллий базасида эълон қилинган ва 01.12.2022 йилдан кучга кирган.

Лола Абдуазимова.

Источник

Оцените статью
Adblock
detector