Suv ta minoti tizimlari
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30 noyabr kuni «O‘zbekiston Respublikasida ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Qarorga muvofiq, quyidagilar suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilandi:
- suv ta’minoti va kanalizatsiya korxonalarini, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqarish hamda ulardan foydalanish sohasida ilg‘or xorijiy tajribani bosqichma-bosqich joriy qilish;
- suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasida hisobga olish hamda monitoring qilishni ta’minlaydigan zamonaviy axborot va resurs tejovchi texnologiyalarni joriy etish, respublikadagi barcha iste’molchilarni ichimlik suvini hisobga oluvchi zamonaviy asboblar bilan jihozlash;
- turar joy komplekslarini qurishda sanitariya talablarini, shu jumladan, mahalliy tozalash inshootlarini qo‘llash orqali ta’minlash maqsadida kanalizatsiya ob’ektlarini ichimlik suvi ta’minoti ob’ektlari bilan birgalikda loyihalashtirish, qurish hamda rekonstruksiya qilish;
- ichimlik suvi ishlab chiqarish va sotish xarajatlarini o‘zi to‘liq qoplashini ta’minlaydigan, suv ta’minoti hamda kanalizatsiya ob’ektlarini boshqarish va ulardan foydalanishga xususiy sektorni jalb qilish imkonini beradigan yangi tarif siyosatini ishlab chiqish orqali suv ta’minoti va kanalizatsiya korxonalarining moliyaviy barqarorligini mustahkamlash;
- suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasi mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish.
Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligiga 2019 yilning 1 yanvariga qadar xalqaro maslahatchilar jalb qilingan holda, quyidagilarni nazarda tutuvchi 2020−2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasida suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasini rivojlantirish konsepsiyasining loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi:
- suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasining ahvoli va uni rivojlantirish yo‘nalishlarini kompleks tahlil qilish;
- aholini ichimlik suvi va kanalizatsiya xizmatlari bilan ta’minlashning maqsadli ko‘rsatkichlari;
- suv ta’minoti va kanalizatsiya ob’ektlarini boshqarish va ulardan foydalanish sohasiga xususiy sektorni jalb qilish;
- tarmoqning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, to‘g‘ridan-to‘g‘ri, avvalo, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish;
- ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va innovatsion yechimlar, shuningdek, ichimlik suvini hisoblashning zamonaviy asboblarini joriy etish.
O‘zbekiston rezidentlari bo‘lmagan yuridik shaxslar quyidagi loyihalar doirasida yuridik shaxslarning ishlar va xizmatlar ko‘rsatishdan topilgan daromadidan olinadigan foyda solig‘idan ozod etildi:
- O‘zbekiston prezidentining 2010 yil 16 apreldagi PQ-1324-son qarori bilan tasdiqlangan «Navoiy va Buxoro viloyatlari tuman markazlarini tutashtirgan holda Damxo‘ja hududlararo suv quvurini modernizatsiya qilish. Termiz shahrining kanalizatsiya tizimini rekonstruksiya qilish» loyihasi;
- O‘zbekiston prezidentining 2010 yil 30 iyuldagi PQ-1378-son qarori bilan tasdiqlangan «Qo‘qon va Andijon shaharlarining suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini hamda Farg‘ona, Marg‘ilon shaharlari va Rishton tumani markazining suv ta’minoti tizimini rekonstruksiya qilish» loyihasi.
Moliya vazirligi huzuridagi «Toza ichimlik suvi» jamg‘armasi Moliya vazirligi huzuridagi Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish jamg‘armasiga aylantirildi va unga kanalizatsiya ob’ektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilish dasturlari va loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha qo‘shimcha vazifalar yuklandi.
Jamg‘armaning 248,1 million AQSH dollari miqdoridagi dastlabki kapitali quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
- 2019 yilgi O‘zbekiston Davlat byudjeti doirasida suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlarini qurish hamda modernizatsiya qilishga yo‘naltiriladigan kapital qo‘yilmalardan — 131,8 million AQSH dollari ekvivalentida;
- xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining imtiyozli kreditlaridan — 95,6 million AQSH dollari miqdorida;
- 2019 yil boshida belgilanadigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar byudjetlari, Toshkent shahar byudjeti mablag‘larining bo‘sh qoldiqlaridan — 20,7 million AQSH dollari ekvivalentida.
Xorijiy maslahatchilarni jalb etgan holda, Toshkent shahri suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimini modernizatsiya qilish va boshqarish loyihasi davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida amalga oshiriladi.
2019 yil 1 aprelgacha Andijon, Namangan, Sirdaryo va Farg‘ona viloyatlarida Shveysariya hukumatining grantlari ishtirokida amalga oshirilgan tajriba loyihalari asosida suv ta’minoti va kanalizatsiya ob’ektlarini boshqarish hamda ulardan foydalanishning tajribadan o‘tkazilgan ushbu shakllari boshqa qishloq aholi punktlarida ham tatbiq etiladi.
2019 yil 1 iyulgacha Samarqand, Buxoro, Namangan va Qarshi shaharlarida suv ta’minoti hamda kanalizatsiya tizimlari davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida boshqaruvga beriladi.
Suv ta’minoti va kanalizatsiya sohasida davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida shartnoma tuzgan yuridik shaxslar tegishli shartnoma imzolangan sanadan boshlab 3 yil muddatga yagona ijtimoiy to‘lovdan boshqa barcha turdagi soliqlar va majburiy to‘lovlar, respublikada ishlab chiqarilmaydigan va belgilangan tartibda shakllantiriladigan ro‘yxatlar bo‘yicha uskunalar, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va materiallarni olib kelishda bojxona to‘lovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlardan tashqari) to‘lashdan ozod etildi.
Kanalizatsiya xizmatlari uchun tariflarga miqdori Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan hududiy moliya organlari bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan maxsus ustama puli belgilanadi.
To‘rtta hududlararo filiallar negizida mamlakatning barcha hududlarida (Toshkent shahridan tashqari) «Suv ta’minoti va kanalizatsiya ob’ektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi» DUKning hududiy boshqarmalarini tashkil etiladi.
Suv ta minoti tizimlari
1. 08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xo‘jalik / 08.03.00.00 Kommunal xo‘jalik / 08.03.07.00 Suv ta’minoti]
1. 07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.07.00.00 Budjet tizimining boshqa masalalari / 07.07.02.00 Davlat jamg‘armalari / 07.07.02.04 Vazirlik va idoralar jamg‘armalari]
Kommunal soha mamlakatimiz hududiy infratuzilmasining eng muhim tarkibiy qismini tashkil etadi, uning faoliyati esa odamlarimizning munosib hayot kechirishi uchun zarur shart-sharoitlarni shakllantiradi, uy-joylar va aholi punktlarining har jihatdan shinam va qulay bo‘lishini ta’minlaydi.
Mazkur sohaning taraqqiyot darajasi va faoliyat samaradorligi aholining shunga mos hayot sifatini shakllantiradi, turmush darajasi va hayot tarzini aks ettiradi, iqtisodiy salohiyatni yanada yuksaltirish omillaridan biri bo‘lib xizmat qiladi. Bularning barchasi o‘zaro bog‘liq bo‘lib, sifatli xizmat — sog‘lom jamiyat garovidir.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashni yaxshilash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Respublikamizda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirishga oid muhim ustuvor yo‘nalishlar, dastur va loyihalarning izchil amalga oshirilishi shahar va tumanlarda, jumladan, qishloq joylarda markazlashtirilgan ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlarini sezilarli ravishda yaxshilash imkonini berdi.
Faqat 2011 — 2016-yillarda mamlakatimizda qariyb 13 ming kilometrdan iborat yirik suv quvurlari va tarmoqlari, bino va inshootlarda 1 ming 600 dan ortiq suv chiqarish quduqlari, shuningdek, 1 ming 400 ta suv minorasi va rezervuari qurildi hamda rekonstruksiya qilindi.
Osiyo taraqqiyot banki, Jahon banki, Islom taraqqiyot banki kabi xalqaro moliya institutlarining grant va kreditlarini jalb etish hisobidan ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan ko‘plab aholi punktlari talabga javob beradigan ichimlik suvi ta’minoti bilan qamrab olindi.
Shu bilan birga, ayrim aholi punktlarini, eng avvalo, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Jizzax, Qashqadaryo, Surxondaryo, Sirdaryo va Xorazm viloyatlaridagi aholi maskanlarini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashga oid qator muammolar hanuzgacha hal etilmasdan qolmoqda.
Yurtimizda oilalar va mahallalar soni muntazam ko‘payib, yuzlab yangi turar joy mavzelari, aholi punktlari barpo etilayotgani va shaharlarning kengayib borayotgani ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimini tubdan yaxshilash borasida amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirishni talab etmoqda. Bu chora-tadbirlar energiya va resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalar asosida suv chiqarish va kanalizatsiya-tozalash inshootlari, suv o‘tkazgichlar, nasos stansiyalari, taqsimlash uzellari, vodoprovod va kanalizatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilishga qaratilishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturi to‘g‘risida”gi qarori ana shu muhim vazifalarni hisobga olgan holda qabul qilingan va u aholining keng qatlamlari, ayniqsa, qishloq aholisi uchun yanada qulay va munosib ijtimoiy-maishiy sharoitlar yaratish, 2017 — 2021-yillarda mamlakatimizda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya xizmatlari ko‘rsatish samaradorligini oshirish, iste’molchilarning barcha hududlarda sifatli ichimlik suvidan foydalanishini ta’minlashga qaratilgan.
Mazkur qaror bilan, xususan, quyidagi dastur va loyihalar tasdiqlanmoqda:
10,2 ming kilometr ichimlik suvi quvurlari va tarmoqlari, 1677 ta suv chiqarish qudug‘i, 1744 ta suv minorasi va rezervuari qurish hamda rekonstruksiya qilish, shuningdek, 1440 dona nasos uskunasini o‘rnatish nazarda tutilayotgan tumanlar va aholi punktlari bo‘yicha 2017 — 2021-yillarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini kompleks rivojlantirish hamda modernizatsiya qilish dasturining yig‘ma va manzilli parametrlari;
20 ta ichimlik suvi ta’minoti obyektini qurish va rekonstruksiya qilish, 302 kilometrdan iborat suv o‘tkazish va vodoprovod tarmoqlarini barpo etish bo‘yicha yirik loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilgan 2017 — 2021-yillarda mintaqalararo ahamiyatga molik ichimlik suvi ta’minoti tizimlari va o‘ta muhim ob’ektlarni barpo etish hamda rekonstruksiya qilish bo‘yicha manzilli dastur;
xalqaro moliya institutlarining kreditlarini jalb etgan holda, respublikamiz hududlarida 36 ta investitsiya loyihasini amalga oshirishni nazarda tutadigan 2017 — 2021-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda ichimlik suvi tarmoqlari va kanalizatsiya tizimlarini qurish va rekonstruksiya qilish manzilli dasturi.
Dasturni 2017 — 2021-yillarda moliyalashtirish uchun 4,8 trillion so‘m, jumladan, davlat budjetidan 2,2 trillion so‘m, xalqaro moliya institutlarining 2,6 trillion so‘m yoki 730,7 million dollar miqdoridagi mablag‘lari yo‘naltiriladi.
Bu boradagi ishlarni muvofiqlashtirish va Dasturning amalga oshirilishini nazorat qilish uchun Idoralararo ishchi komissiyasi tasdiqlandi. Shuningdek, qarorda “Toza ichimlik suvi” jamg‘armasini tashkil etish nazarda tutilgan bo‘lib, uning mablag‘lari mamlakatimizda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilishga, respublikamiz aholisi, ayniqsa, qishloq aholisini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlashga yo‘naltiriladi.
Bundan tashqari, qarorda ichimlik suvi ta’minoti tizimi obyektlaridan yanada ishonchli foydalanish maqsadida har bir aholi punktidagi ichimlik suvi ta’minoti obyektlarini pasportlashtirish va ichimlik suvi ta’minoti tizimi obyektlarining elektron ma’lumotlar bazasini yaratish nazarda tutilgan.
Ushbu qarorning amalga oshirilishi:
birinchidan — shahar va tumanlar, qishloq va mahallalarda ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini tubdan yaxshilash;
ikkinchidan — aholini markazlashgan ichimlik suvi ta’minoti bilan qamrab olishni respublikamiz miqyosida 84 foizga, bir qator hududlarda esa 90 foizga yetkazish;
uchinchidan — aholi keng qatlamlari, ayniqsa, qishloq aholisi uchun yanada qulay va munosib ijtimoiy-maishiy �art-sharoitlar yaratish imkonini beradi.
Qisqacha aytganda, ushbu muhim hayotiy vazifalarning amalga oshirilishi mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, shahar va qishloqlarimizning yanada obod bo‘lishi, xalqimizning hayot darajasi va sifati yuksalishiga xizmat qiladi.