Suv ostida qolgan shahar

Suv ostida qolgan shahar

Arxeologlarning jahon hamjamiyati suv ostida qolgan qadimiy yodgorliklarga doimiy ravishda duch keladi. OAVda vaqti-vaqti bilan yoshi yuz, ba’zida esa mingdan oshgan suv ostidagi shahar va aholi yashash manzillari topilmalari to‘g‘risidagi xabarlar paydo bo‘ladi.

Gvatemala. Samabax

Qadimiy mayya xalqining shahar qoldiqlari taxminan 2 ming yil avval Atitlan ko‘lining suvi ostida qolgan. Ular 1996 yilda to‘satdan 30 metrdan ortiq chuqurlikdan topilgan. Olimlarning fikriga ko‘ra, cho‘kish vulqon faoliyati oqibatida bir onda yuz bergan.

Misr. Aleksandriya

Eramizning boshidagi kuchli zilzila Qadimiy Aleksandriyaning bir qismi cho‘kishiga sabab bo‘ldi. Mashhur Kleopatra saroyi ham suv ostiga g‘arq bo‘ldi. U 1998 yilda boshqa qurilmalar bilan birga topilgan. Artefaktlar topilgan joyda suv osti muzey kompleksini barpo etish bo‘yicha loyiha mavjud.

Misr. Gerakleon va Kanopus

Bu ikki Qadimiy Misr shaharlari Yegipet darvozalari edi. Ular haqida tarixiy qo‘lyozmalarga asoslangan afsonalar mavjud. Faqat 90-yillarning oxiriga kelib, dengiz tubida ularni topishga muvaffaq bo‘lishdi. Qurilish ostida suv bo‘lgan yer ustida olib borilgan, degan fikr bor. Inshoot vazni sabab yer qulab tushgan va suv qa’riga barcha arxitektura boyligini o‘zi bilan olib ketgan.

Gretsiya. Pavlopetri

Eramizdan avvalgi ming yil avval yuz bergan zilzila sabab suv ostiga ketgan yana bir shaharlardan biri Qadimiy Pavlopetri edi. U saroylar, turar-joy binolari va hatto qabrlarni saqlab, 30 ming kvadrat metrga cho‘zilgan.

Isroil. Atlit-Yam

Bu suv ostidagi eng qadimiy makon hisoblanadi. Uning yoshi 7 ming yilga teng. Qadimiyligi sabab olimlar uning cho‘kishi bo‘yicha savolga aniq javob berolmaydilar. Ba’zi fikrlarga ko‘ra, bu sunami yoki dengiz sathining ko‘tarilishi bo‘lishi mumkin.

Yamayka. Port-Royal

Qachonlardir Port-Royal qaroqchilar maskani bo‘lgan. Bu yerda binolar, omborxonalar qurilgan, boyliklar to‘plangan. Biroq zilzila hech nimani ayab o‘tirmadi. Bugun sayyohlik obektini yaratish maqsadida qaroqchilar suv osti shahrini qayta tiklash bo‘yicha ishlar olib borilyapti.

Yaponiya. Yonaguni kompleksi

Olimlar eramizdan 3 ming yil avval ulkan piramidani yodga soluvchi ko‘p sonli inshootlarni yaratish kim uchun zarur bo‘lganini bilishmadi. Yonaguni oroli yonidagi inshoot 25 metr chuqurlikda yotibdi.

Italiya. Bayi

Qadimgi rimlik aslzodalar Bayi shahrida dam olishni xush ko‘rishgan. Keyinchalik vulqon jarayonlari ta’sirida shahar cho‘kib ketgan.

Hindiston. Dvarka

Kambey bo‘g‘ozida arxeologlar tomonidan eramizdan avvalgi 7,5-yilga mansub bo‘lgan qadimgi shahar qoldiqlari topilgan. U 35 metr chuqurlikda yotadi. Cho‘kish sabablari tabiat hodisalari bilan bog‘liq.

Читайте также:  Volkswagen tiguan замена масляного радиатора

Kuba. Yukatan bo‘g‘ozi

2000-yillarning boshida olimlar Kuba oroli qirg‘oqlarida qadimiy qoldiqlarni topishdi. Ularning yoshi 2 ming yildan oshadi degan fikr bor. U tarixchilar uchun noma’lum bo‘lgan sivilizatsiya tomonidan barpo etilgan.

Источник

Yaqin yillarda qaysi davlatlar butunlay suv ostida qoladi?

Yaqin yillarda qaysi davlatlar butunlay suv ostida qoladi?

Olimlarning so‘zlariga qaraganda, ayrim orollar suv ostida qoladi. Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo ekspertlar guruhining hisobotlariga ko‘ra, atmosferadagi parnik gazlari konsentrasiyasi yil sayin yuqori darajaga ko‘tarilmoqda.

Buning natijasida Antarktida, Arktika va Grenlandiya muzliklari eriy boshlaydi va jahon okeanlarining suvlari asta-sekin isiydi va ularning sathi ko‘tariladi. Turli taxminlarga ko‘ra, 2100 yilga borib dengiz sathi hozirgidan 0,5-2 metrgacha ko‘tariladi. Bu o‘z navbatida ko‘z o‘ngimizda bir qator mamlakatlarning suv ostida qolishini anglatadi.

Tahlilchilarning fikricha, birinchilardan bo‘lib suvostiga Tinch va Hind okeanlaridagi orol-davlatlar sho‘ng‘iydi . Bu orol-mamlakatlarning butunlay bo‘lmasa-da, qisman, ayniqsa sayyohlarga mo‘ljallangan inshootlari, infratuzilmalari joylashgan qismi suv ostida qolishi aytilmoqda.

Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hukumatlararo ekspertlar guruhining hisobotida Yer yuzidagi global suv ostida qolish ehtimoli bo‘lgan mintaqalar haqida ma’lumot berilgan. Ma’lumotda Marshall orollari, Kiribati Respublikasi, Tuvalu, Tonga, Mikroneziya Federativ Shtatlari, shuningdek, Kuka, Atigua, Nevis va sayyohlarning sevimli maskani bo‘lmish Maldiv orollarining suv ostida qolishi ta’kidlab o‘tilgan.

Tahlilchilar Maldiv orollari yana 50 yildan so‘ng butunlay suv ostida qolishini bashorat qilmoqda. Bu orol 20 ta atolla, 1192 ta kichik orolchalardan iborat. Maldiv Respublikasi hukumati har yili sayyohlikdan tushadigan daromadlarni yangi yerlar sotib olishga mo‘ljallangan maxsus jamg‘armaga yo‘naltiradi. Zahiradagi vatan sifatida Hindiston va Shri-Lankaga tegishli hududlar ko‘rilmoqda. Chunki bu ikki mamlakat xalqlarining urf-odati, madaniyati va turmush tarzi Maldiv aholisinikiga o‘xshab ketadi.

Kiribati Respublikasidagi 33 ta atollaning 32 tasi suv ostida qolishi aniq ekani aytiladi. Ekspertlarning aytishicha, 2050 yilga borib bu orollar hayot kechirish uchun yaroqsiz holga kelib qoladi. Kiribati rasmiylari 2010 yildan boshlab tashvishga tushib qolganini ochiq-oydin aytar ekan, yuz mingga yaqin aholi uchun yangi yer qidirmoqda. Hukumat bir necha yil avval qo‘shni Fidjidan yer sotib oldi, ayni damda Avstraliya va Yangi Zelandiya bilan mazkur masala yuzasidan muzokaralar olib bormoqda. Biroq mamlakat aholisi o‘zlarining kindik qoni to‘kilgan vatanlaridan bosh olib chiqib ketishni istamayapti. Bu kabi insonlar uchun B rejasi ishlab chiqilgan. Bunga ko‘ra okeanda sun’iy orol yaratish ko‘zda tutilgan. Yaponiyaning Shimizu Corporation kompaniyasi yangi suniy yer yaratish borasida loyiha ishlab chiqdi. Bu loyihani hayotga tatbiq etish uchun 2 milliard dollar kerak bo‘ladi. Bu kabi mablag‘ Kiribatida yo‘q. Shu sababli mamlakat hukumati ko‘mak so‘rab jahon hamjamiyatiga murojaat qildi.

Читайте также:  Хавал Ф5: фото, характеристики и цены

Jahon okeanlari kichik yoki katta davlatlarga qarab o‘tirmaydi. Xavf nafaqat orol davlatlarga, balki Yevropadagi gullab-yashnayotgan mamlakatlarga ham yaqinlashmoqda. Olimlar bu borada Gollandiyani nazarda tutishadi. Delft texnologik universiteti olimlari bundan bir necha yil muqaddam bong urib, Niderlandiyaning suv ostida qolishi muqarrar ekanini aytishgan va aholini xavfsiz joyga ko‘chirish taklifini bergan edi. Bashoratlarga ko‘ra, Kopengagen, Antverpen, London va Venesiya ham suv ostida qolish xavfi bo‘lgan shaharlar ro‘yxatiga kiritilgan.

Italiyaning mashhur Venesiya shahri 2028 yilga borib yashash uchun yaroqsiz holga keladi va 2100 yilda butunlay suv ostida qoladi. Bunga okeanning quruqlikka hujumi bilan bir qatorda insonlarning xo‘jalik faoliyati ham sabab bo‘lmoqda. Bugungi kunda shaharda suv toshqinlari odatiy holga aylangan. Masalan bundan yuz yil avval San-Marko maydoni bir yilda 9 marta suv toshqini bilan to‘qnash kelgan bo‘lsa, bugun yiliga yuz marta suv toshqini kuzatilmoqda. 1966 yilda yuz bergan suv toshqinidan keyin Italiya hukumati hushyor tortib, Venesiya muammosi bilan jiddiy shug‘ullanishga qaror qildi. Ayni damda shaharning tarixiy qismi yaqin yillar ichida vayron bo‘lishi mumkin, degan xavotirlar aytiladi.

Osiyoda Bangladesh, Bangkok, Mumbay va Xitoyning sohil mintaqalari suv ostida qolishi ehtimoli haqida ogohlantirilmoqda. Tailand poytaxti Bangkokni kelajakda noxushliklar kutmoqda. 5 million 600 ming aholi istiqomat qiluvchi bu shahar 2050 yilga borib butunlay suv ostida qolishi mumkin.

Afrika qurg‘oqchilik girdobida qolgani haqida ko‘p gapiriladi. Biroq bu qitaga ham suv toshqinlari xavf solmoqda ekan. Ayniqsa, Gambiya poytaxti Banjul suv toshqinlari bilan to‘qnash keladigan birinchi shahar ekani aytiladi. Okean sathi ko‘tarilishi xavfi bois hukumat hozirdanoq sohil bo‘yini mustahkamlashga kirishmoqda. Sohil hududlarini yo‘qotish Gambiyaga juda ham qimmatga tushadi. Chunki mintaqada sholizorlar, baliqchilik markazlari va sayyohlar uchun diqqatga sazovor joylar joylashgan. Forbes jurnali Banjul shahrini 2100 yilgi arvoh shaharlar ro‘yxatiga kiritdi.

Bundan bir necha yil muqaddam Avstraliya olimlari e’lon qilgan hisobotda Avstraliya iqlimi jahonning boshqa mintaqalariga qaraganda tezlik bilan o‘zgarayotgani ta’kidlanadi. Shu sababli ham bu mamlakatning suv ostida qolish xavfidan ogohlantirilmoqda. Yildan-yilga sohilga to‘lqinlar hujumi ko‘payib bormoqda. Suv toshqinlari vayronagarchiliklardan darak berishi aytilmoqda. Mamlakatning 80 foiz aholisi istiqomat qiladigan maydonlar suv ostida qolishi ehtimoli bor.

Amerika olimlari bir necha bor mamlakatning bir qator shaharlari, jumladan Nyu-York, Yangi Orlean va Los-Anjeles tahdid bilan to‘qnash kelishidan ogohlantirib keladi. Climate Central tashkiloti tadqiqotchisi Benjamin Strausning aytishicha. okean orti mamlakati dagi Florida, Luiziana, Kaliforniya, Nyu-Jersi, Shimoliy Karolina shtatlarida joylashgan1400 shahar xavf ostida ekan. Olimlarning aytishicha, Lotin Amerikasidagi Urugvay va Paragvay, shuningdek Argentina poytaxti Buenos-Ayres ham suv ostida qolishi mumkin. Buenos-Ayres viloyatidagi 30 yildan beri suv ostida qolib kelayotgan Lago-Epekuen shahriga Yangi Atlantida nomi berildi. Eslatib o‘tamiz, mahalliy Epekuen ko‘liga qurilgan to‘g‘onning 1985 yilda yog‘ingarchilik tufayli buzilishi natijasida bu shahar suv ostida qolgan edi. Fojia vaqtida shaharda 5000 kishi istiqomat qilardi. Shahar asta-sekinlik bilan cho‘kkani bois odamlar o‘z vaqtida xavfsiz joyga chiqib olishga ulgurdi.

Читайте также:  Brake pads bmw x5 e70

Jahondagi bu kabi xavf-xatarlarni tahlil qilar ekanmiz, xalqimizning suv balosidan o‘zi asrasin degan gaplari yodga tushadi. Tabiatni asrash kerakligi borasidagi nasihatlar ham bejiz aytilmaganiga yana bir bor ishonamiz.

Источник

Qurg‘oqchilik yaqinlashayotgan Istanbul, boshpanaga aylantirilgan kema, suv ostida qolgan shahar — 22-avgust suratlari

22-avgust kuni dunyoning turli burchaklaridan olingan sara suratlarni e’tiboringizga havola qilamiz.

“Opa-singillar” serialidagi Nasiba — Nargiza Sharmetova ijodidagi tanaffus sabablari hamda 4 yil deganda farzandli bo‘lgani haqida gapirdi (video)

Poyezd tomidagi migrantlar, tanasiga sigir go‘ngini surtayotganlar, ish tashlashga tayyorlanayotgan temiryo‘lchilar — 31-avgust suratlari

Prigojinning qabriga yig‘ilganlar, “Och arvohlar” festivali, hokimiyatni qo‘lga olgan harbiylar — 30-avgust suratlari

“Antibiotiklar otasi”: Aleksandr Flemingning insoniyatni qutqarib qolgan pala-partishligi

Bayramda ALFA INVEST himoyasi ostida sayohatga otlaning

Bayramda ALFA INVEST himoyasi ostida sayohatga otlaning — « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »

“Faqat respublika markazida bajariladigan neyrojarrohlik amaliyotlarining qariyb 40 foizi endilikda barcha hududlarda bajarilmoqda” — SSV

“Faqat respublika markazida bajariladigan neyrojarrohlik amaliyotlarining qariyb 40 foizi endilikda barcha hududlarda bajarilmoqda” - SSV— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »

O‘zbekistonda avgust oyida eng qimmat va eng arzon palov qayerda tayyorlangani ma’lum qilindi

O‘zbekistonda avgust oyida eng qimmat va eng arzon palov qayerda tayyorlangani ma’lum qilindi — « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »

  • Daryo
    • Internet-nashr
    • Tahririyat haqida
    • Aloqa ma’lumotlari
    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Yangiliklar arxivi
    • Instagram | Rasmiy
    • Instagram | Lifestyle
    • Instagram | Sport
    • Facebook | Rasmiy
    • OK | Rasmiy
    • YouTube | Daryo
    • YouTube | Daryo Rus tilida
    • YouTube | Daryo Global
    • Daryo | Rasmiy — Asosiy kanal. Faqat muhim xabarlar
    • Daryo | Live — Qisqa va tezkor yangiliklar
    • Daryo | Lifestyle — O‘zbekiston va jahon shou-biznesi, salomatlik, moda bo‘yicha dolzarb va so‘nggi voqealar, maslahatlar
    • Daryo | Sport24 — O‘zbekiston va jahon sport olamidagi eng so‘nggi yangiliklar va maqolalar
    • Daryo | Rasmiy — Kirill alifbosida o‘qishni afzal ko‘rganlar uchun
    • Daryo | Pul — O‘zbekistonda va jahonda biznes va iqtisodiyotga oid yangiliklar va tahliliy maqolalar

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2023

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    Источник

Оцените статью
Adblock
detector