O zbekiston respublikasi suv xo jaligi vazirligi
Xorijiy investitsiyalar ishtirokida 2022-yilda amalga oshirilgan loyihalar to‘g‘risida ma’lumot
Vazirlik tizimida 2022-yilda jami 118,15 mln. AQSh dollari, shu jumladan, 114,58 mln. dollar miqdoridagi xorijiy kreditlar hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan 3,57 mln. dollar miqdoridagi kreditlarni o‘zlashtirish rejalashtirilgan bo‘lib, hisobot davrida, 114,78 mln. AQSh dollari miqdoridagi xorijiy kreditlar (rejaga nisbatan 100,2%) hamda Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hisobidan 3,57 mln. dollar (rejaga nisbatan 100%), jami 118,35 mln. dollar o‘zlashtirilgan. Jumladan:
1. Osiyo taraqqiyot banki va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi ishtirokidagi “Amu-Buxoro irrigatsiya tizimlarini qayta tiklash” loyihasi doirasida 52,04 mln. dollar (rejaga nisbatan 100%);
2. Jahon banki ishtirokidagi “Janubiy Qoraqalpog‘istonda suv resurslarini boshqarishni yaxshilash” loyihasi doirasida 17,2 mln. Dollar (rejaga nisbatan 100%);
3. Islom taraqqiyot banki ishtirokidagi “Surxondaryo viloyatida suv resurslarini boshqarishni yaxshilash” loyihasi doirasida 10,69 mln. dollar (rejaga nisbatan 100%);
4. Jahon banki ishtirokidagi “Farg‘ona vodiysida suv resurslarini boshqarish. 2-bosqich” loyihasi doirasida 26,1 mln. dollar (rejaga nisbatan 100%);
5. Saudiya taraqqiyot jamg‘armasi ishtirokidagi “Qarshi nasos stansiyalari kaskadini kapital-qayta tiklash (Faza-III)” loyihasi doirasida 8,85 mln. dollar (rejaga nisbatan 102,3%).
Suv xo‘jaligida xorijiy investitsiya
loyihalarini amalga oshirish markazi
O zbekiston respublikasi suv xo jaligi vazirligi
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash borasida 2022—yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot
Respublikamizda 504,7 km ochiq kollektor tarmoqlari, 264,4 km yopiq-gorizontal drenaj tarmoqlari, 95 ta vertikal drenaj quduqlari, 16 ta gidrotexnik inshootlarda qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirildi, shuningdek, 15 455,0 km kollektor-drenaj tarmoqlari, 136 ta vertikal drenaj quduqlar, 2 274 ta kuzatuv quduqlar va 1 173 ta gidrotexnik inshootlarda ta’mirlash-tiklash ishlari bajarildi.
Meliorativ tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida 294,5 ming gektar maydonning meliorativ holati yaxshilandi. Shuningdek, sug‘oriladigan yer maydonlarida sho‘rlangan yer maydonlarini 1 891,9 ming gektargacha kamaytirish, kuchli va o‘rta sho‘rlangan sug‘oriladigan yer maydonlarini 548,0 ming gektargacha kamaytirish, yer osti suv sathi muammoli holatda (0–2 m) bo‘lgan yer maydonlarini 924,2 ming gektargacha kamaytirishga erishish rejalashtirilgan.
133,7 ming gektardan ziyod yerlar qayta foydalanishga kiritilib. qo‘shimcha qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish hamda yangi ish o‘rinlarini yaratilishiga erishildi.
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va
suv xo‘jaligini mexanizatsiyalash bo‘limi
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash borasida 2022-yilning 9 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot
Respublika bo‘yicha 2022-yilning sentyabr oyida yer osti sizot suvlarining o‘rtacha joylashish sathi 0 dan 2 metrgacha bo‘lgan maydonlar 820,5 ming gektarni tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 41,4 ming gektarga kamaygan (2022 yil sentyabr oyida ushbu ko‘rsatkich 861,9 ming gektarni tashkil qilgan).
Respublikada 2022-yil boshidan sug‘orishga 32,8 mlrd. m 3 suv olingan bo‘lib, sug‘oriladigan yerlarga jami 26,0 ming tonna tuzlar kirib kelgan va kollektor-drenaj tarmoqlari orqali 14,9 mlrd. m3 suvlar bilan 27,7 ming tonna tuzlar chiqib ketgan. Sug‘oriladigan yerlardan jami 1,7 ming tonna tuzlar chiqib ketgan.
Joriy yilning 9 oyi davomida hududlardan olingan ma’lumotlarga asosan respublika bo‘yicha jami 53,3 ming gektar (shundan 33,4 ming ga sug‘oriladigan yerlar, 19,9 ming ga lalmi va yaylov yerlar) yer maydonlari qishloq xo‘jaligida foydalanishga kiritilgan.
Sug‘oriladigan yerlarni melioratsiyalash va suv xo‘jaligini
mexanizatsiyalash boshqarmasi
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash borasida 2022-yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot
2022-yilning iyun oyida sug‘oriladigan maydonlarda yer osti sizot suvlarining o‘rtacha joylashish sathi 0 dan 2 metrgacha bo‘lgan maydonlar 921,2 ming gektarni tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 45,6 ming gektarga kamaygan (2021 yil ushbu ko‘rsatkich 966,8 ming gektarni tashkil qilgan).
Respublikada 2022 yil boshidan sug‘orishga 17,4 mlrd. m 3 suv olingan bo‘lib, sug‘oriladigan yerlarga jami 16,9 ming tonna tuzlar kirib kelgan va kollektor-drenaj tarmoqlari orqali 9,6 mlrd. m 3 suvlar bilan 18,2 ming tonna tuzlar chiqib ketgan. Sug‘oriladigan yerlardan jami 1,3 ming tonna tuzlar chiqib ketgan
Joriy yilning 6 oyi davomida hududlarda amalga oshirilayotgan tadbirlar natijada respublika bo‘yicha jami 32,0 ming gektar (shundan 14,7 ming ga sug‘oriladigan yerlarni qayta foydalanishga kiritish hisobidan, 17,3 ming ga lalmi va yaylov yerlarda yer osti suvlari hisobidan) qishloq xo‘jaligida foydalanishga kiritilgan.
Buning uchun hududlarda 260 km sug‘orish tarmoqlari qurish va ta’mirlash, 186 km kollektor tarmoqlarini ta’mirlash, 317 ta sug‘orish quduqlarini qazish, 66 ta nasos agregatlari o‘rnatish hamda 230 km elektr uzatish tarmoqlari tortish ishlari amalga oshirilgan.
Sug‘oriladigan yerlarni melioratsiyalash va suv xo‘jaligini
mexanizatsiyalash boshqarmasi
Sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash borasida 2022-yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot
2022-yilning mart oyida sug‘oriladigan maydonlarda yer osti sizot suvlarining o‘rtacha joylashish sathi 0 dan 2 metrgacha bo‘lgan maydonlar 878,5 ming gektarni tashkil qilib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 93,5 ming gektarga kamaygan (2021 yil ushbu ko‘rsatkich 972 ming gektarni tashkil qilgan).
Respublikada 2022-yil boshidan sug‘orishga 5013,4 mln. m 3 suv olingan bo‘lib, sug‘oriladigan yerlarga jami 4935 tonna tuzlar kirib kelgan va kollektor-drenaj tarmoqlari orqali 4499,7 mln. m 3 suv bilan 8413 t tuz chiqarib yuborilgan. Sug‘oriladigan yerlardan jami 3478 t tuz chiqib ketgan.
2021–2022 yil kuz qish mavsumida 994,2 ming gektar sho‘rlangan maydonlarda sho‘r yuvish tadbirlarini amalga oshirish rejalashtirilgan. Bugungi kunda 781,1 ming gektar maydonda (rejaga nisbatan 79%) sho‘r yuvish tadbirlari amalga oshirildi.
Yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boshqarmasi
O zbekiston respublikasi suv xo jaligi vazirligi
Vazir yordamchisi
Mangliуev Abduxalil Abdusattarovich
Теlefon: (71) 202-47-01
Strategik rejalashtirish va yerlarning meliorativ holatini yaxshilash boshqarmasi
Boshliq: Lapasov Xurshid Olimjonovich
Теlefon: (71) 202-47-24
Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi
Boshliq: Vakant
Теlefon: (71) 202-47-24
Yuridik bo‘lim
Boshliq: Sharopov Ravshan Rajabovich
Теlefon: (71) 202-47-52
Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi
Boshliq: Ibragimov Muxammadjon Xalillayevich
Теlefon: (71) 237-24-26
Ichki audit, komplaens nazorat va korrupsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi
Boshliq: Bahodirov Avazbek Bahodirovich
Теlefon: (71) 237-24-27
Axborot xizmati
Matbuot kotibi, vazirning axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi: Suyunov Shuhrat Normaxmatovich
Теlefon: (71) 202-47-84
E-mail: press@minwater.uz
Suv resurslari va suvdan foydalanish bo‘limi
Boshliq: Kamilov Ramz Normahammatovich
Теlefon: (71) 202-47-15
E—mail: suvchi@minwater.uz
Xalqaro aloqalar va Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘limi
Boshliq: Xazratov Otabek Narzullayevich
Теlefon: (71) 202-47-59
E-mail: xalqaro@minwater.uz
Irrigatsiya tizimlaridan va yirik gidrotexnik inshootlardan foydalanish boshqarmasi
Boshliq: Batirov Shavkat G‘afurovich
Теlefon: (71) 202-47-57
E—mail: gts@minwater.uz
Nasos stansiyalari va elektr energiyasidan oqilona foydalanish bo‘limi
Boshliq v.b.: Abdullayev Otabek Zarifovich
Теlefon: (71) 202-47-75
E-mail: nasos1@minwater.uz
Davlat-xususiy sheriklik va autsorsing xizmatini rivojlantirish bo‘limi
Boshliq: Duvlonov Anvar Xusanovich
Теlefon: (71) 202-47-67
E-mail: dxsh@minwater.uz
Axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarni rivojlantirish bo‘limi
Boshliq: Razmetov Xojiakbar Nuriddin o‘g‘li
Телефон: (71) 202-47-94
E-mail: akt@minwater.uz
Suv xo‘jaligida kapital qurilish loyihalarini shakllantirish va amalga oshirish boshqarmasi
Boshliq: Qurbonov Madaminjon Tursunovich
Теlefon: (71) 202-47-76
Moliya-iqtisod va xo‘jalik faoliyati boshqarmasi
Boshliq: Alimardanov Sardor Baxtiyarovich
Теlefon: (71) 202-47-74
E-mail: moliya@minwater.uz
Suvni tejaydigan, ilmiy va innovatsion texnologiyalarini joriy qilish boshqarmasi
Boshliq: Vakant
Телефон: (71) 202-47-12
O zbekiston respublikasi suv xo jaligi vazirligi
Nasos stansiyalari va energetika sohasida 2022-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot
Hisobot davrida vazirlik tizimidagi nasos stansiyalari, ularda o‘rnatilgan nasos agregatlari, sug‘orish va meliorativ quduqlar, podstansiyalar, transformatorlar va elektr uzatish tarmoqlarini texnik soz holatda saqlash, ishonchli ishlashini hamda ularni takomillashtirishni ta’minlash va rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Jumladan:
— nasos stansiyalarida 2372 dona nasos agregatlari, 1346 dona sug‘orish quduqlari joriy va tubdan ta’mirlandi;
— zamonaviy energotejamkor texnologiyalarni joriy qilish maqsadida 5044 dona yorug‘likdiod lampalar, 100 dona kondensator, 69 dona chastota o‘zgartiruvchi qurilmalar va 86 dona quyosh batareyalari o‘rnatildi.
— nasos stansiyalarda chiqarilayotgan suv miqdorlarini va sarflanayotgan elektr energiyasi nazoratini inson aralashuvisiz shaffof tarzda olib borish maqsadida nasos stansiyalarga raqamlashtirilgan elektr hisoblagichlar hamda 1008 dona suv o‘lchash qurilmalari o‘rnatildi.
2022-yilda 7150,0 mln. kVt. soat elektr energiyasi limiti belgilangan bo‘lib, elektr energiyasini tejash bo‘yicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar, o‘rnatilgan zamonaviy energotejamkor qurilmalar hisobiga 6780,0 mln. kVt. soat elektr energiyasi sarflandi. Natijada limitga nisbatan 370 mln. kVt. soat (296,0 mlrd. so‘mlik) hamda o‘rtacha ko‘p yillikka nisbatan 744,7 mln. kVt. soat (595.7 mlrd. so‘mlik) elektr energiyasi tejaldi.
Nasos stansiyalari va elektr energiyasidan
oqilona foydalanish bo‘limi